Shartlar va Qoidalar — SOL Daromad Aksiyasi

Oxirgi yangilanish: 2026 yil, 14 may

Kripto Hamyonning "SOL Daromad Aksiyasi" (bundan keyin — "Aksiya") sahifasiga xush kelibsiz. Aksiyada ishtirok etish orqali siz ushbu Shartlarga amal qilishga rozilik bildirasiz.

Bu Shartlar Kripto Hamyon Foydalanuvchi Shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu Shartlar va Foydalanuvchi Shartnomasi o'rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi Shartnomasi ustunlik qiladi. Biroq, ushbu Shartlardagi muayyan qoida umumiy qoidalardan farq qilmasa, aksincha, ularni to'ldirsa, bunday muayyan qoida ustunlik qiladi

Aksiyaning Umumiy Tavsifi

1. Agar siz Aksiyada ishtirok etsangiz, sizning Mukofotlaringiz Kripto Hamyon tomonidan Solana blokcheynida Jito Protokoli orqali amalga oshiriladigan SOL likvid biriktirish (liquid staking) orqali shakllantiriladi — Jito Protokoli Solana blokcheynida joylashtirilgan, ochiq kodli va o'z-o'zini bajaruvchi smart-kontraktlardan tashkil topgan likvid biriktirish (liquid-staking) protokolidir. Biriktirilgan (staked) SOL evaziga Jito Protokoli JitoSOL chiqaradi, uni Kripto Hamyon ishtirokingiz davomida sizning nomingizdan saqlab turishi mumkin. JitoSOL asosiy (native) SOL hisoblanmaydi.

2. Aksiyaning Boshlanish Sanasi: 2026 yil, 14 may va uning yakunlanish sanasi aniq belgilanmagan. Aksiyada ishtirok etish Kampaniya davomida istalgan vaqtda mavjud. Bu davomiylik Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko'ra o'zgartirilishi mumkin.

Munosiblik

1. Aksiyada ishtirok etish uchun siz Kripto Hamyon Foydalanuvchisi bo'lishingiz va kamida “Bazaviy” identifikatsiya darajasida tasdiqlangan bo'lishingiz kerak. Kripto Hamyonning ichki siyosati asosida, siz “Kengaytirilgan” yoki “Ilg'or” darajada tasdiqlashdan o'tishingiz talab qilinishi mumkin.

2. Agar sizning hisobingiz Foydalanuvchi Shartnomasi, ushbu Shartlar yoki Kripto Hamyonning ichki siyosati bo'yicha biron bir sababga ko'ra Kripto Hamyon tomonidan bloklangan, cheklangan yoki ruxsatlaringiz boshqa tarzda chegaralangan bo'lsa, siz Aksiyaga kirish huquqiga munosib emassiz.

3. Agar Mukofotlar hisoblangan vaqt va ularni Kripto Hamyon balansingizga yechib olishga urinayotgan paytingiz oralig'ida Kripto Hamyon sizni Foydalanuvchi Shartnomasi, ushbu Shartlar yoki Kripto Hamyonning ichki siyosatini buzgan deb topsa, siz Mukofotlarni olishga munosib bo'lmasligingiz mumkin.

4. Aksiya ayrim yurisdiksiyalarda mavjud bo'lmasligi mumkin. Kripto Hamyon o'z ixtiyoriga ko'ra muayyan yurisdiksiyalarda uning mavjudligini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Aksiyaga Biriktirilgan Balans

1. SOLni Aksiyaga biriktirish uchun siz Kripto Hamyon balansingizdan belgilangan miqdordagi SOLni Kripto Hamyon ichidagi alohida Daromad Hisobiga (keyingi o'rinlarda — "Daromad Hisobi") o'tkazishingiz kerak.

2. Aksiya uchun talab qilinadigan minimal biriktirilgan balans miqdori 0.01 SOLni tashkil etadi va Aksiyaga biriktirishingiz mumkin bo'lgan maksimal miqdorga (yuqori chegaraga) cheklov qo'yilmagan. Kripto Hamyon minimal va maksimal biriktirish talablarini o'z yakka qaroriga ko'ra o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.

3. Siz istalgan vaqtda Daromad Hisobingizdan SOLingizni to'liq yoki qisman yechib olishni boshlashingiz mumkin. Quyidagi 4-bandga muvofiq, yechib olishlar Jito Protokoli bilan tegishli JitoSOL qaytarib olinishi (redemption) vaqtidan qat'i nazar, Kripto Hamyon tomonidan o'z likvidligi hisobidan tezkorlik bilan Kripto Hamyon balansingizga o'tkazib beriladi. Biriktirilgan balansni to'liq yechib olish sizning Aksiyadagi ishtirokingizni to'xtatadi.

4. Yuqoridagi 3-bandga qaramay, agar Kripto Hamyonning oqilona qaroriga ko'ra, har qanday protokol bilan bog'liq, texnik, operatsion, bozor, tartibga solish yoki fors-major holatlari — jumladan, smart-kontrakt nosozligi, eksploit (exploit), boshqaruvning to'xtatilishi, validator nosozligi, tarmoq tirbandligi, qaytarib olish navbatining buzilishi, bozor dislokatsiyasi yoki JitoSOLning asosiy SOLga nisbatan depeg (kurs uzilishi) yoki jiddiy chegirmasi (discount) tufayli sizga asosiy SOLni qaytarish imkonsiz bo'lib qolsa, to'xtatilsa, jiddiy kechiksa, putur yetsa yoki tijoriy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lmasa — hamda Kripto Hamyonning 3-bandda ko'rsatilgan o'z likvidligi sizning yechib olishingizni asosiy SOLda qondirish uchun yetarsiz yoki mavjud bo'lmasa, Kripto Hamyon asosiy SOLni qaytarish o'rniga, JitoSOLni siz tomoningizdan ko'rsatilgan Solana tarmog'idagi manzilga o'tkazish orqali Aksiyadagi da'vongiz bo'yicha hisob-kitob qilishi mumkin.

Shu kabi har qanday o'tkazma, amaldagi qonunchilik yo'l qo'ygan maksimal darajada, tegishli biriktirilgan balans va barcha hisoblangan Mukofotlarga nisbatan Kripto Hamyonning siz oldidagi majburiyatlarining to'liq va yakuniy bajarilishi (hisob-kitob qilinishi) hisoblanadi. Siz JitoSOL asosiy SOL emasligini, uning bozor qiymati zanjirdagi (on-chain) ayirboshlash kursi yoki asosiy SOL qiymatidan farq qilishi mumkinligini hamda bunday muqobil hisob-kitob natijasida yuzaga keladigan har qanday farq, chegirma, slippij (narx siljishi), likvidlikning yo'qolishi yoki boshqa nojo'ya bozor ta'siri uchun Kripto Hamyon javobgar bo'lmasligini tan olasiz va unga rozilik bildirasiz, qonunchilikka muvofiq bunday javobgarlikni istisno qilish yoki cheklash imkonsiz bo'lgan hollar bundan mustasno (jumladan, sizga nisbatan qo'llaniladigan iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi majburiy qonunlar).

Mukofotlar

1. Kripto Hamyon Yillik Foiz Daromad (“APY”) tuzilmasini taklif etadi va sizni bevosita Aksiyadagi ishtirok etish davomiyligingizga qarab mukofotlaydi. Ushbu Aksiya uchun aniq APY har kuni yangilanadi va Kripto Hamyon interfeysidagi Daromad Hisobingizda ko'rinadi. APY tuzilmasining tafsilotlari FAQ (ko'p so'raladigan savollar) bo'limida e'lon qilinadi (FAQ - O’zbek tilida | FAQ - Rus tilida). APY tuzilmasi qat'iy emas va Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko'ra o'zgartirilishi mumkin.

2. Mukofotlar har kuni, oldingi ikkita to'liq UTC kalendar kuni (00:00–23:59 UTC) davomidagi minimal biriktirilgan balansingizning eng past miqdori asosida hisoblanadi. Har qanday yangi biriktirilgan SOL uchun birinchi Mukofot bunday biriktirishdan keyingi uchinchi to'liq UTC kalendar kunida hisoblanadi. Hisoblangan Mukofotlar, tegishli SOL yechib olingandan yoki muqobil hisob-kitob qilingandan keyin to'lab berilgunga qadar, biriktirilgan balansda o'sishda davom etadi.

3. Mukofotlar kunlik asosda avtomatik ravishda Daromad Hisobingizga kiritiladi, bu esa murakkab foizlar asosida keyingi Mukofotlarni hisoblash imkonini beradi. Oldingi davrlardan yig'ilgan Mukofotlar, agar siz Daromad Hisobingizga kiritilgan Mukofotlarni qisman yoki to'liq yechib olmasangiz, Aksiyada ishtirokingiz davomida biriktirilgan balansingizni oshiradi. Barcha Mukofotlar, yuqoridagi “Aksiyaga Biriktirilgan Balans” bo'limidagi muqobil hisob-kitob qoidasini inobatga olgan holda, SOLda to'lanadi.

4. Kripto Hamyon o'z yakka qaroriga ko'ra, Aksiyada birinchi marta qatnashayotgan ishtirokchilar uchun sodiqlik bonusi hisoblangan Bonus mukofotlarni (“Bonus APY”) taklif etishi mumkin. Bunday Bonus APYning mavjudligi kafolatlanmaydi hamda u istalgan vaqtda, oldindan ogohlantirishsiz o'zgartirilishi, to'xtatib turilishi yoki bekor qilinishi (qaytarib olinishi) mumkin. Bonus APYni tartibga soluvchi muayyan shartlar, jumladan, amaldagi stavka, davomiylik va biriktirish mumkin bo'lgan maksimal munosib miqdor faqat Kripto Hamyon tomonidan belgilanadi va Kripto Hamyon interfeysida taqdim etiladi. Ushbu shartlar dolzarb deb hisoblanadi va har qanday zid keluvchi ma'lumotlardan ustunlik qiladi. Agar Foydalanuvchi Bonus APY uchun munosib bo'lgan maksimal limitdan yuqori miqdorda mablag' biriktirsa, biriktirilgan balansning ushbu limitdan oshgan qismiga Mukofotlar faqat standart APY asosida hisoblanadi.

5. Siz o'tmishdagi natijalar kelajakdagi Mukofotlarni kafolatlamasligini hamda Mukofotlar Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko'ra o'zgarishi yoki to'xtatilishi mumkinligini tan olasiz.

Xavflar to'g'risida ma'lumot va Javobgarlikni cheklash

1. Kripto Hamyon Aksiyada ishtirok etish bilan bog'liq rentabellik, daromad yoki har qanday moliyaviy yoxud iqtisodiy foydalar yuzasidan hech qanday aniq yoki bilvosita kafolat yoki va'da bermaydi. Kripto Hamyon Aksiyaning mosligi, muayyan maqsadga yaroqliligi yoxud kutilgan natijalarga erishishga kafolat bermaydi. Ishtirok etish bilan bog’liq xavf-xatarlar Foydalanuvchining o'z mas'uliyati ostida amalga oshiriladi.

2. Aksiya an'anaviy moliyaviy depozit, investitsiya mahsuloti yoki jamg'arma hisobi emas, shuningdek, u moliyaviy muassasalar yoxud tartibga solinadigan moliyaviy vositalar tomonidan taklif etiladiganlarga o'xshash hech qanday kafolat yoki himoyani o'z ichiga olmaydi. Biriktirilgan SOLning asosiy qiymati (kapitali) himoyalanmagan bo'lib, siz Aksiyaga biriktirilgan SOLni va har qanday hisoblangan Mukofotlarni qisman yoki to'liq yo'qotishingiz mumkin.

3. Amaldagi qonunchilik imkon bergan maksimal darajada, Kripto Hamyon shartnoma, huquqbuzarlik yoxud boshqa asoslarga binoan, Aksiyada ishtirok etish natijasida kelib chiqadigan har qanday to'g'ridan-to'g'ri, bilvosita, tasodifiy, oqibatli, maxsus, namunali yoxud jazo chorasi sifatidagi yo'qotishlar uchun, shu jumladan, foydani yo'qotish, daromadni yo'qotish, ma'lumotlarni yo'qotish, imkoniyatni yo'qotish yoxud boshqa zararlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

4. Kripto Hamyon Solana blokcheyni, Jito Protokoli, uning smart-kontraktlari, validatorlari, Jito Block Engine, MEV taqsimoti, qaytarib olish navbatlari, JitoSOL uchun ikkilamchi bozorlar yoki biron bir tegishli infratuzimlaga egalik qilmaydi va ularni nazorat qilmaydi, shuningdek, ularning mavjudligi, ishonchliligi yoki uzluksiz ishlashiga kafolat bermaydi. Mukofotlar Jito Protokoli orqali SOLning likvid biriktirilishi (liquid staking) hisobidan taqdim etilganligi sababli, Kripto Hamyon biriktirish bilan bog‘liq xavflar, jumladan, smart-kontrakt nosozliklari yoki eksploitlar, tarmoq tirbandligi, boshqaruvdagi o‘zgarishlar, forklar, validatorlarning noto‘g‘ri harakati yoki slashing (jazo choralari), MEV o'zgaruvchanligi, qaytarib olish navbatining cheklovlari, JitoSOLning depeg (kurs uzilishi) yoki jiddiy chegirmasi hamda Mukofotlarning o‘zgaruvchanligi uchun javobgar emas. Siz, shuningdek, yuqoridagi “Aksiyaga Biriktirilgan Balans” bo'limida tavsiflangan holatlarda, Aksiyadagi da'vingiz asosiy SOL o'rniga JitoSOL (yoki har qanday keyingi likvid biriktirish tokeni) yetkazib berilishi orqali qondirilishi mumkinligini tan olasiz va unga rozilik bildirasiz.

5. Aksiya siz istiqomat qilayotgan mamlakatda mavjud bo‘lmasligi mumkin va Kripto Hamyon har qanday muayyan yurisdiksiyada Aksiyaga kirish yoki unda ishtirok etishni kafolatlamaydi.

Bekor qilish

Kripto Hamyon istalgan vaqtda, oldindan ogohlantirish bilan yoki ogohlantirmasdan va hech qanday javobgarliksiz, istalgan sababga ko‘ra, shu jumladan, ushbu Shartlarni buzish bilan bog‘liq holda, Aksiyadagi ishtirokingizni vaqtinchalik to‘xtatishi yoki butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bekor qilingandan so‘ng, siz endi Aksiyada ishtirok eta olmaysiz va bekor qilishdan oldin yuzaga kelgan har qanday huquq yoki majburiyatlarga ta’sir o’tkazolmaysiz, agar buning aksi belgilab qo’yilmagan bo’lsa.

Qo'shimcha va o'zgartirishlar

Kripto Hamyon ushbu Shartlarni istalgan vaqtda o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Har qanday o'zgarishlar nashr etilgandan so'ng darhol kuchga kiradi va sizning Aksiyadagi ishtirokingizni davom etishingiz yangilangan Shartlarni qabul qilganingizni bildiradi.