Oxirgi yangilanish: 2026 yil, 13 yanvar
Kripto Hamyonning "ADI Daromad Aksiyasi" (bundan keyin — "Aksiya") sahifasiga xush kelibsiz. Aksiyada ishtirok etish orqali siz ushbu Shartlar va Qoidalarga (“Shartlar”) amal qilishga rozilik bildirasiz.
Bu Shartlar Kripto Hamyon Foydalanuvchi Shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu Shartlar va Foydalanuvchi Shartnomasi o'rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi Shartnomasi ustunlik qiladi. Biroq, ushbu Shartlardagi muayyan qoida umumiy qoidalardan farq qilmasa, aksincha, ularni to'ldirsa, bunday muayyan qoida ustunlik qiladi.
1.1. Aksiyaning Boshlanish Sanasi: 2026-yil 13-yanvar.
1.2. Aksiyaning Yakunlanish Sanasi: 2026-yil 31-mart, soat 23:59 UTC (Halqaro kordinatlashtirilgan vaqt). Bu davomiylik Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko'ra o'zgartirilishi mumkin. Aksiyaning Yakunlanish Sanasi haqidagi eng so'nggi ma'lumot uchun FAQ (Ko'p so'raladigan savollar) bo'limiga murojat etishingiz mumkun [FAQ - O’zbek tili| FAQ - Rus tili].
2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun siz Kripto Hamyon Foydalanuvchisi bo'lishingiz va kamida “Bazaviy” identifikatsiya darajasida tasdiqlangan bo'lishingiz kerak. Kripto Hamyonning ichki siyosati asosida, siz “Kengaytirilgan” yoki “Ilg'or” darajada tasdiqlashdan o'tishingiz talab qilinishi mumkin.
2.2. Agar sizning hisobingiz Foydalanuvchi Shartnomasi yoki Kripto Hamyonning ichki siyosati bo'yicha biron bir sababga ko'ra Kripto Hamyon tomonidan bloklangan, cheklangan yoki boshqa tarzda chegaralangan bo'lsa, siz ishtirok etishga munosib emas deb topilishingiz mumkun.
2.3. Agar Mukofotlarni talab qilish vaqti va ular haqiqatda Kripto Hamyon balanssingizga o'tkazilgan payt oralig'ida Kripto Hamyon sizni Foydalanuvchi Shartnomasini buzgan deb hisoblasa, siz Mukofotlarni olishga muvofiq bo'lmasligingiz mumkin.
2.4. Aksiyada ishtirok etish uchun siz Aksiya davrida istalgan kuni, lekin Aksiya Yakunlanish Sanasidan kamida 24 soat oldin talab qilinadigan minimal balansni yoki undan ko‘prog‘ini “ADI Daromad Hisobi”ngizga (“Daromad Hisobi”) o‘tkazishingiz kerak.
2.5. Aksiya ayrim yurisdiksiyalarda mavjud bo'lmasligi mumkin. Kripto Hamyon o'z ixtiyoriga ko'ra muayyan yurisdiksiyalarda uning mavjudligini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
3.1. ADIni Aksiyaga biriktirish uchun siz Kripto Hamyon balansingizdan belgilangan miqdordagi ADIni Kripto Hamyon ichidagi alohida Daromad hisobiga o‘tkazishingiz kerak.
3.2. Barcha munosib foydalanuvchilar tomonidan Aksiyaga biriktirilishi mumkin bo'lgan ADIning umumiy miqdori ADIda 10,000,000.00 (o'n million) AQSH dollari ekvivalentida cheklangan. Ushbu umumiy chegara (kapital) erishilgach, qo'shimcha biriktirishlar qabul qilinmaydi va Aksiyada ishtirok etish yangi ishtirokchilar uchun ham, mavjud ishtirokchilarning qo'shimcha biriktirishlari uchun ham yopiladi.
3.3. Siz Daromad hisobiga biriktirgan ADIingizni istalgan vaqtda to‘liq yechib olishingiz mumkin. Biroq, Aksiya Yakunlanish Sanasidan oldin balansni to‘liq yechib olish sizning Aksiyada ishtirokingizni to‘xtatadi va siz oldingi kalendar kun uchun yig‘ilgan har qanday Mukofotlardan mahrum bo‘lasiz. Siz to‘liq yechib olish sanasidan oldin yig‘ilgan Mukofotlarni talab qilish huquqiga ega bo‘lib qolasiz..
3.4. Har bir Foydalanuvchi 1 (bir) dan 5,000.00 (besh ming) ADI gacha biriktirishi mumkin. Siz istalgan vaqtda Daromad Hisobingizni to'ldirishingiz mumkin, faqat biriktirilgan umumiy balans bu maksimal chegaradan oshmasligi sharti bilan. Minimal biriktirish miqdori 1 (bir) ADI. Mukofotlar sizning yangilangan biriktirilgan balanssingizdan keyingi kalendar kuni soat 00:01 UTC (Halqaro kordinatlashtirilgan vaqt) dan boshlab hisoblanadi. Minimal vs maksimal biriktirish chegaralari Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko'ra o'zgartirilishi mumkin. Aksiya talablari haqidagi eng so'nggi ma'lumotlarni olish uchun FAQ (Ko'p so'raladigan savollar) bo'limiga murojat etishingiz mumkun [FAQ - O’zbek tili| FAQ - Rus tili].
3.5. Siz istalgan vaqtda biriktirilgan ADIingizni, to‘liq yoki qisman, Daromad hisobingizdan yechib olishni boshlashingiz mumkin. To‘liq biriktirilgan balansni yechib olish sizning Aksiyada ishtirokingizni yakunlaydi.
4.1. Aksiya Mukofot jamg’armasi cheklangan. U tugagach, Aksiya yakunlanadi. Kripto Hamyon Mukofot jamg’armasi miqdorini istalgan vaqtda, ogohlantirmasdan qayta ko'rib chiqishi mumkin.
4.2. Kripto Hamyon sizni biriktirish davomiyligiga asoslanib mukofotlaydigan, tabaqalashtirilgan Yillik Foiz Daromad (APY) tuzilmasini taklif qiladi, u quyidagilardan iborat: (i) Manfaatli mukofotlar (“Boosted APY”): cheklangan muddat davomida biriktirilgan balansingizning 500 (besh yuz) ADI gacha bo‘lgan qismiga qo‘llaniladi; (ii) Asosiy mukofotlar (“Basic APY”): biriktirilgan balansingizning 500 (besh yuz) ADI dan oshgan qismiga qo‘llaniladi (umumiy holda — “Mukofotlar”). APY tuzilmasiga oid barcha ma’lumotlarni FAQ (Ko'p so'raladigan savollar) bo‘limidan topishingiz mumkin [FAQ - O’zbek tili| FAQ - Rus tili]. APY tuzilmasi qat‘iy emas va Kripto Hamyon tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin
4.3. Manfaatli APY, Bazaviy APY ga qo‘shimcha ravishda taklif etiladi va munosib foydalanuvchilarga qo‘shimcha Mukofotlar beradi. U faqat biriktirilgan balansning 500 (besh yuz) ADI gacha bo‘lgan qismiga qo‘llaniladi va dastlabki biriktirishdan boshlab 60 kalendar kuni davomida mavjud bo‘ladi; shundan so‘ng bunday balansga Mukofotlar faqat amaldagi Bazaviy APY bo‘yicha hisoblanadi. Kripto Hamyon Manfaatli APYni istalgan vaqtda o‘zgartirish yoki to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
4.4. Mukofotlar ADIda kunlik asosda, ADIni birinchi marta biriktirganingizdan boshlab hisoblanadi. Hisoblash to‘liq kalendar kunlariga nisbatan qo‘llaniladi va Aksiya Yakunlanish Sanasiga qadar davom etadi.
4.5. Barcha Mukofotlar ADIda to‘lanadi. Mukofotlar kunlik asosda avtomatik ravishda Daromad hisobingizga kiritiladi, bu esa murakkab foizlar asosida keyingi Mukofotlarni hisoblash imkonini beradi. Yig‘ilgan Mukofotlar biriktirilgan balansingizni oshiradi, agar siz ularni yechib olmasangiz.
4.6. Aksiya Yakunlanish Sanasidan so‘ng, Kripto Hamyon o‘z ixtiyoriga ko‘ra, Mukofot balansingizni va Daromad hisobingizni yopib, butun miqdorni Kripto Hamyon balansiga o‘tkazishi mumkin
4.7. Siz o'tmishdagi natijalar kelajakdagi Mukofotlarni kafolatlamasligini va Mukofotlar Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko'ra o'zgarishi yoki to'xtatilishi mumkinligini tan olasiz.
Kripto Hamyon ushbu Shartlarni istalgan vaqtda o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Har qanday o'zgarishlar nashr etilgandan so'ng darhol kuchga kiradi va sizning Aksiyadagi ishtirokingizni davom etishingiz yangilangan Shartlarni qabul qilganingizni bildiradi.
Kripto Hamyon biriktirilgan balansslar yoki Mukofotlarning har qanday foyda yoki himoyasini kafolatlamaydi. Texnik qiyinchiliklar yoki boshqa uzilishlar Aksiyaga xalaqit berishi yoki uni to'xtatishi mumkin. Ishtirok etish bilan bog’liq barcha xavflar o'z mas'uliyatingizdadir.