Sana: 5 Noyabr, 2025, 2025
Kripto Hamyon'ga xush kelibsiz. Ushbu Foydalanuvchi Shartnomasi (keyingi oʻrinlarda "Shartnoma") Kripto Hamyon'dan foydalanishingizni tartibga soladi. Kripto Hamyon – bu Qoʻllab-quvvatlanadigan Virtual Aktivlar va Savdo Qilinadigan Aktivlarni almashtirishni yengillashtiruvchi; Qoʻllab-quvvatlanadigan Virtual Aktivlarni depozit qilish, yechib olish, oʻtkazish va depozit-saqlash imkonini beruvchi mini-ilovadir ("Xizmat" yoki "Xizmatlar").
1. Kirish
1.1. Xizmatlar sizga (keyingi oʻrinlarda "Foydalanuvchi" yoki "siz"), Kripto Hamyon Xizmat Koʻrsatuvchi Provayder (keyingi oʻrinlarda "Kripto Hamyon", "biz" yoki "bizning") tomonidan taqdim etiladi. Kripto Hamyon Xizmat Koʻrsatuvchi Provayder faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA/NAPP) tomonidan nazorat qilinadi.
1.2. Kripto Hamyon oʻz Xizmatlarini mustaqil ravishda taqdim etadi va Telegram FZ-LLC kompaniyasining shoʻba korxonasi yoki affillangan shaxs hisoblanmaydi.
1.3. Kripto Hamyon'ga kirish va undan foydalanish orqali siz ushbu Shartnomaga, shuningdek, Maxfiylik Siyosati kabi qoʻshimcha siyosatlarga, bu yerda keltirilgan shartlarga, shuningdek, Kripto Hamyon vaqti-vaqti bilan sizga taqdim etishi mumkin boʻlgan har qanday kampaniya yoki qoʻshimcha Xizmatlar shartlariga, ular bu yerda aniq koʻrsatilmagan boʻlsa ham, rioya qilishga rozilik bildirasiz.
1.4. Ushbu Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va uning doirasida qoʻllaniladi. Kripto Hamyon xizmatlaridan foydalanishingiz ushbu Shartnomani hamda kripto-aktivlar muomalasini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining barcha amaldagi qonun va qoidalarini soʻzsiz qabul qilishingizni anglatadi.
1.5. Agar siz ushbu Shartnomaning biron bir qismiga rozi boʻlmasangiz yoki shartlar yashash joyingizdagi yoki fuqaroligingizdagi mamlakatda amalda boʻlgan qonunlar bilan ziddiyatli boʻlsa, siz Kripto Hamyon'dan foydalanmasligingiz va Xizmatlardan foydalanishni toʻxtatishingiz shart.
1.6. Biz ushbu Shartnomani vaqti-vaqti bilan yangilab borishimiz mumkin. Qayta koʻrib chiqilgan Shartnoma, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, Kripto Hamyon'da joylashtirilganda kuchga kiradi. Bunday yangilanishlardan soʻng Xizmatlardan foydalanishni davom ettirish qayta koʻrib chiqilgan Shartnomani siz tamoningizdan qabul qilinganligini anglatadi.
2. Xavf-xatarlar Bayonoti
2.1. Xizmatlardan foydalanishda siz odatda tartibga solinadigan moliyaviy yoki shunga oʻxshash xizmatlar iste'molchilariga beriladigan himoya choralariga ega boʻlmaysiz, masalan, moliyaviy ombudsman yoki shunga oʻxshash kanallarga shikoyat qilish huquqi yoki qonuniy kompensatsiya sxemalariga tayanish kabi. Siz Xizmatlar bilan bogʻliq yaroqlilik va xatarlarni baholash uchun faqat oʻzingiz javobgarsiz.
2.2. Virtual aktivlar ishtirokidagi operatsiyalar (tranzaksiyalar) oʻz-oʻzidan xavflidir va bunday aktivlarga almashtirilgan mablagʻlarning yoki boshqa mulkiy huquqlarning toʻliq yoʻqolishiga olib kelishi mumkin. Xatarlar, jumladan, qiymatning yuqori oʻzgaruvchanligi (volatilligi), texnik nosozliklar yoki xatolar, oʻgʻrilik kabi noqonuniy harakatlar va har qanday hukumat kafolatlarining yoʻqligi bilan cheklanmaydi. Virtual aktivlar qonuniy toʻlov vositasi emas va Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov yoki hisob-kitob vositasi sifatida tan olinmaydi. Siz faqat yoʻqotishga qodir boʻlgan miqdorni sarmoya kiritishingiz, va bunga aloqador barcha xatarlarni toʻliq tushunib yetkaningizga ishonch hosil qilishingiz va zarur boʻlsa, mustaqil moliyaviy va yuridik maslahat olishingiz lozim.
2.3. Kripto Hamyon Virtual Aktivlar operatsiyalari (tranzaksiyalari) bilan bogʻliq boʻlgan sezilarli narx oʻzgaruvchanligi (volatilligi), qadrsizlanish, delisting (birjadan chiqarish), forking (boʻlinish), airdrop (bajarilgan ish evaziga bepul tarqatiladigan virtual aktivlar) yoki boshqa xatarlar uchun har qanday javobgarlikni rad etadi.
3. Roʻyxatdan oʻtish va foydalanish huquqi
3.1. Xizmatlardan foydalanishni boshlashdan va Hisob qaydnomangizni roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin, siz quyidagilarni tasdiqlaysiz va kafolat berasiz:
a. Siz kamida 18 yoshga toʻlgansiz yoki yashash joyingizdagi yurisdiktsiyaning qonunchiligi belgilagan voyaga yetganlik yoshiga erishgansiz;
b. Siz toʻliq huquqiy layoqatga ega jismoniy shaxssiz va ushbu Shartnomani tuzish uchun yetarli vakolatga egasiz;
c. Siz Kripto Hamyonga oʻzingizning ma'lumotlaringizni (shu jumladan shaxsga doir ma'lumotlarni) taqdim etishga rozilik bildirasiz va boshqa har qanday Foydalanuvchi nomidan ish olib borishga yoki Kripto Hamyondan shaxsingizni yashirishga urinmaysiz;
d. Siz Xizmatlarda foydalaniladigan Virtual Aktivlarga qonuniy egasiz va ularning barchasi qonuniy manbalardan kelib chiqqanligini tasdiqlaysiz;
e. Siz chalgʻitish yoki firibgarlik qilish niyati boʻlmagan holda aniq, haqqoniy ma'lumotlarni taqdim etish majburiyatini olasiz;
f. Siz avval Xizmatlarimizdan foydalanishdan chetlatilmagansiz yoki chiqarilmagansiz;
g. Siz ushbu Shartnoma Ilovasida belgilangan Cheklangan Yurisdiktsiyalardan birida joylashganligingiz yoki fuqaroligingiz sababli Xizmatlarimizdan foydalanishingiz taqiqlanmagan;
h. Siz siyosiy ta'sirga ega shaxs (STS/PEP) emassiz, ya'ni oʻz mamlakatida, xalqaro organda yoki tashkilotda muhim davlat funksiyasini bajarish yuklatilgan shaxs, yoxud STSning yaqin hamkori yoki oila a'zosi emassiz;
i. Siz Kripto Hamyon Xizmat Koʻrsatuvchi Provayder faoliyati uchun mahalliy litsenziyalash talablari kabi sabablar tufayli Xizmatlardan foydalanishingiz man etilgan yurisdiktsiyalarning rezidenti yoki fuqarosi emassiz.
3.2. Xizmatlarimizga kirish va ulardan foydalanish uchun siz platformamiz orqali Kripto Hamyon Hisob qaydnomasi ("Hisob qaydnomasi")-ni roʻyxatdan oʻtkazishingiz va yaratishingiz shart. Hisob qaydnomasi shaxsan sizga tegishlidir va Hisob qaydnomangiz ostida sodir boʻladigan barcha harakatlar uchun faqat siz javobgarsiz.
3.3. Hisob qaydnomasini roʻyxatdan oʻtkazish orqali siz Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga rioya etishni ta'minlash va Kripto Hamyonning ichki siyosatlariga muvofiq Xizmatlarimiz xavfsizligini ta'minlash maqsadlarida biz talab qilgan ma'lumotlarni bizga taqdim etishga rozilik bildirasiz.
3.4. Siz taqdim etgan har qanday ma'lumotning aniq va toʻliq boʻlib qolishini ta'minlash uchun uni zudlik bilan yangilashga rozilik bildirasiz. Buni bajarmaslik Hisob qaydnomangizning toʻxtatilishiga olib kelishi mumkin. Sizning Hisob qaydnomangiz ichki xavf-xatarlarni baholash va qonuniy talablarga rioya qilish asosida operatsiya (tranzaksiya) chegaralariga boʻysunishi mumkin.
3.5. Siz oʻzingizning Hisob qaydnomangiz balansi va operatsiyalar (tranzaksiyalar) tarixiga Kripto Hamyon orqali istalgan vaqtda kirishingiz mumkin. Siz Hisob qaydnomangiz ma'lumotlarini muntazam ravishda koʻrib chiqishingiz tavsiya etiladi.
3.6. Agar siz yashash joyingizdagi yoki doimiy manzilingizdagi mamlakatni Kripto Hamyonning boshqa shoʻba yoki hamkor tashkiloti tomonidan Xizmatlar koʻrsatiladigan yurisdiktsiyaga oʻzgartirsangiz, siz tasdiqlangan yangi yashash joyingizni hujjati bilan tasdiqlaganingizdan soʻng Kripto Hamyon sizning Hisob qaydnomangizni, tegishli ma'lumotlaringizni va Virtual Aktivlaringizni amaldagi qonunlar va Kripto Hamyonning ichki siyosatlariga muvofiq ushbu tashkilotga oʻtkazishi mumkinligini tan olasiz va bunga rozilik bildirasiz. Ushbu oʻtkazma amaldagi huquqiy va me'yoriy talablarga rioya qilishni ta'minlash, Xizmatlardan uzluksiz foydalanishni saqlab qolish va sizning yangi yurisdiktsiyangizga tegishli boʻlgan tegishli Foydalanuvchi Shartnomasi, Maxfiylik Siyosati va boshqa shartlarni qoʻllash uchun amalga oshirilishi mumkin. Bunday oʻtkazmadan soʻng Xizmatlardan foydalanishni davom ettirish orqali siz munosabatlaringiz tegishli tashkilotning shartlari va siyosatlari bilan tartibga solinishini aniq qabul qilasiz. Siz Kripto Hamyon Xizmat Koʻrsatuvchi Provayder haqida koʻproq ma'lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.
4. Foydalanuvchining Huquq va Majburiyatlari
4.1. Biz sizga ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq, cheklangan, mutlaq boʻlmagan, qaytarib olinmaydigan, oʻtkazilmaydigan ruxsatnoma faqatgina Kripto Hamyonga kirish va ushbu Shartnoma boʻyicha Xizmatlardan foydalanish uchun beramiz.
4.2. Siz istalgan vaqtda operatsiyalaringiz (tranzaksiyalaringiz) va Xizmatlardan foydalanishingizga oid ma'lumotlarni soʻrashingiz mumkin; biroq, shuni yodda tutingki, ma'lumotlarning oshkor etilishi nazorat qiluvchi cheklovlar, tijorat maxfiyligi yoki boshqa qonuniy asoslar tufayli, shu jumladan Hisob qaydnomangizga ruxsatsiz kirish holatlari tasdiqlangan va bunday ma'lumotlarni oshkor qilish ichki yoki tashqi tekshiruvga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan vaziyatlarda cheklanishi mumkin.
4.3. Agar Xizmatlar bilan bogʻliq muammoga duch kelsangiz, @wallet_supportbot orqali yordam olish uchun murojaat qilishingiz mumkin.
4.4. Siz Shikoyat qilish huquqiga egasiz, u Shartnomaning 16-bandida belgilangan tartibga muvofiq adolatli va shaffof tarzda koʻrib chiqiladi.
4.5. Siz Xizmatlardan faqatgina shaxsiy foydalanish uchun va ushbu Shartnomaga qat'iy rioya etgan holda foydalanishingiz shart. Siz Hisob qaydnomangizni yoki uning huquqlarini sotishingiz, ijaraga berishingiz yoki uchinchi shaxslarga kirishga ruxsat berishingiz, shuningdek oʻtkazishingiz yoki delegatsiya qilishingiz mumkin emas. Bunday urinishlarning har biri Hisob qaydnomangizning toʻxtatilishiga yoki bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
4.6. Siz Hisob qaydnomangiz uchun aniq, haqqoniy va dolzarb ma'lumotlarni taqdim etishingiz, shuningdek, Kripto Hamyon sizga Xizmatlarni taqdim etishda davom etishi uchun talab qilishi mumkin boʻlgan har qanday qoʻshimcha ma'lumot yoki hujjatlarni zudlik bilan taqdim etishingiz shart.
4.7. Siz faqat bitta Hisob qaydnomasini yaratish va ishlatish bilan cheklangansiz: bir nechta hisob qaydnomalariga ruxsat berilmaydi.
4.8. Siz har qanday kompyuter dasturiy ta'minoti, apparat vositalari yoki aloqa tizimlarining funksionalligini buzish, shikastlash, aralashish, tizimni aldash yoki adolatli boʻlmagan ustunlikka erishish uchun moʻljallangan har qanday dasturiy ta'minot, botlar yoki mexanizmlardan foydalanmasligingiz, shuningdek, Kripto Hamyonga qarshi har qanday firibgarlik faoliyati bilan shugʻullanmasligingiz shart. Shaxsiy foyda olish uchun tizimni manipulyatsiya qilishga yoki Kripto Hamyonning toʻgʻri ishlashiga aralashishga urinishlarning har biri Shartnomaning buzilishi deb hisoblanadi va Hisob qaydnomangiz yoki Xizmatlarga kirishning toʻxtatilishiga, bekor qilinishiga yoki cheklanishiga olib kelishi mumkin. Bu Virtual Aktivlarni yechib olish imkoniyatining yoʻqolishini ham oʻz ichiga olishi mumkin.
4.9. Kripto Hamyonga kirish yoki undan foydalanishda haqiqiy joylashuvingizni yashirish yoki oʻzgartirish maqsadida Tor yoki VPN kabi xizmatlardan foydalanishingiz taqiqlanadi.
4.10. Siz ushbu Shartnomada aniq ruxsat berilmagan holda, kontentni koʻchirish, tarqatish, sotish yoki oʻzgartirish, shuningdek, reverse engineering (teskari muhandislik) yoki nashr qilish kabi har qanday ruxsatsiz foydalanish shakllari bilan shugʻullanishingiz man etiladi.
4.11. Siz Kripto Hamyoningizning xavfsizligi va himoyasini ta'minlashingiz hamda uni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrishingiz shart. Bunga kirish ma'lumotlaringizni himoyalash, mavjud boʻlgan joylarda ikki faktorli autentifikatsiyani (2FA) faollashtirish va ruxsatsiz foydalanishning oldini olish uchun Telegram hisobingizni mustaqil ravishda himoyalash kiradi.
5. Kripto Hamyon'ning Huquq va Majburiyatlari
5.1. Kripto Hamyon Xizmatlarni ushbu Shartnoma shartlariga hamda amaldagi qonunlar va qoidalarga muvofiq taqdim etadi.
5.2. Kripto Hamyon istalgan vaqtda va oʻzining mutlaq xohishiga koʻra, barcha Xizmatlarning taqdim etilishini, shu jumladan uchinchi tomon xizmatlariga kirishni oʻzgartirish, toʻxtatib turish yoki bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
5.3. Kripto Hamyon Xizmatlardan foydalanishga doir cheklovlarni, jumladan, operatsiya (tranzaksiya) chegaralarini, depozit chegaralari va yechib olish chegaralari bilan cheklanmagan holda, belgilash va oʻzgartirish huquqiga ega.
5.4. Kripto Hamyon shaxsni tasdiqlash, mablagʻlarning manbasini, mablagʻlarning maqsadini, boylik manbasini tasdiqlash, manzilni tasdiqlash, jonlilikni tekshirish (liveness verification), qoʻshimcha soʻrovnomalar yoki boshqa har qanday huquqiy yoki me'yoriy talablar yoki Kripto Hamyonning ichki siyosatlariga rioya qilish maqsadida Foydalanuvchidan qoʻshimcha ma'lumot yoki hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
5.5. Kripto Hamyon ushbu Shartnoma, oʻzining pul yuvishga qarshi siyosatlari yoki boshqa Kripto Hamyon siyosatlari buzilgan taqdirda, shuningdek, yuqorida koʻrsatilgan holatlarda, tasdiqlangan shubhali faoliyat yoki huquqni muhofaza qilish organlarining soʻrovi asosida Foydalanuvchining Xizmatlardan toʻliq foydalanish huquqini yoki Kripto Hamyon tomonidan taqdim etiladigan ma'lum bir Xizmatdan foydalanish huquqini toʻxtatish, cheklash yoki bekor qilish hamda Virtual Aktivlarini muzlatib qoʻyish huquqiga ega. Bundan tashqari, pul yuvishga qarshi siyosat tekshiruvdan oʻta olmagan har qanday depozitni miqdori, uni qaytarish uchun zarur boʻlgan blokcheyn tarmoq toʻlovlarini qoplashga yetarli boʻlmagan holda, Kripto Hamyon qaytarish jarayonini to'xtatib turish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
5.6. Kripto Hamyon zarur boʻlgan hollarda har qanday operatsiyani toʻxtatib turish, bekor qilish yoki (texnik jihatdan imkoni boʻlsa) bekorga chiqarish (reversal) huquqini oʻzida saqlab qoladi. Bunday choralar, jumladan, ushbu Shartnoma, Kripto Hamyonning pul yuvishga qarshi siyosatlari yoki boshqa toifadagi siyosatlari buzilganligi gumon qilingan hollarda; tasdiqlangan, shubhali yoki ruxsatsiz faoliyat aniqlanganda; amaldagi qonuniy majburiyatlarga rioya qilish yoki huquqni muhofaza qilish organlarining soʻrovlari, talablari boʻyicha; yoki almashtirish kurslarida texnik xato yuz bergan boʻlsa, amalga oshirilishi mumkin. Foydalanuvchilar ushbu choralar muvofiqlik va xavfsizlikni ta'minlash uchun zarur ekanligini tan oladilar hamda har qanday tekshiruv yoki ma'lumot soʻrovlari bilan toʻliq hamkorlik qilishga rozi boʻladilar. Kripto Hamyon ushbu harakatlar natijasida kelib chiqqan har qanday yoʻqotishlar uchun javobgar boʻlmaydi. Agar sizda operatsiya asosli sababsiz yoki moddiy dalillar toʻliq koʻrib chiqilmasdan toʻxtatilgani, bekor qilinganligi yoki bekorga chiqarilgani haqida oʻrinli asoslar boʻlsa, 16-bandda belgilangan tartibga muvofiq shikoyat yuborishingiz mumkin.
5.7. Kripto Hamyon Foydalanuvchi ma'lumotlaridan Maxfiylik Siyosati va amaldagi qonunlar va qoidalarga muvofiq foydalanish va ularni oshkor qilish huquqiga ega. Tasdiqlangan shubhali faoliyat yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi aniqlangan taqdirda, Kripto Hamyon tegishli huquqni muhofaza qilish organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli davlat organlarini xabardor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
5.8. Kripto Hamyon istalgan vaqtda har qanday Virtual Aktivni delist qilish (birjadan chiqarish) yoki uni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
a. Zudlik bilan Roʻyxatdan Chiqarish (Delisting. Foydalanuvchilar manfaatlari himoya qilish zarur boʻlgan favqulodda holatlarda (shu jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda, bozor beqarorligi, xavfsizlik hodisalari, tartibga soluvchi cheklovlar yoki Foydalanuvchilarning aktivlariga xavf tugʻdiradigan boshqa holatlar) Kripto Hamyon zararlangan Virtual Aktivni oldindan ogohlantirmasdan zudlik bilan toʻxtatishi yoki delist qilishi mumkin. Bunday hollarda, Kripto Hamyon oʻzining mutlaq xohishiga koʻra, Foydalanuvchilarning aktivlari qiymatini saqlab qolish uchun zararlangan Virtual Aktivni USDT yoki boshqa barqaror Virtual Aktivga almashtirishi mumkin.
b. Rejali Roʻyxatdan Chiqarish (Delisting). Agar delisting ichki yoki texnik sabablar natijasida kelib chiqsa va zudlik bilan chora koʻrishni talab qilmasa, Kripto Hamyon Foydalanuvchilarga oldindan ogohlantirish beradi. Ushbu davr mobaynida Foydalanuvchilar zararlangan Virtual Aktivni oʻz xohishlariga koʻra yechib olishlari yoki almashtirishlari mumkin. Ogohlantirish muddati tugagandan soʻng, agar hech qanday chora koʻrilmasa, Kripto Hamyon uzluksiz kirishni ta'minlash va potentsial yoʻqotishlarni minimallashtirish uchun qolgan balansni USDTga almashtirishi mumkin.
5.9. Barcha hollarda, Kripto Hamyon aktivlarning yoʻqolishi, kutilgan foydaning yoʻqolishi yoki Virtual Aktivning delistingi yoki ayirboshlanishidan kelib chiqadigan har qanday boshqa zararlar yoki oqibatlar uchun, shu jumladan Foydalanuvchining yakuniy balansi yechib olish yoki keyingi operatsiyalar uchun yetarli boʻlmagan hollarda ham, javobgar boʻlmaydi.
5.10. Kripto Hamyon Foydalanuvchi ma'lumotlarining xavfsizligi va maxfiyligini ta'minlash uchun oqilona choralar koʻradi.
5.11. Kripto Hamyon soʻrovlar hajmi va masalaning murakkabligiga qarab, Foydalanuvchi shikoyatlari va murojaatlarini oʻz vaqtida hal qilish uchun oqilona sa'y-harakatlarni amalga oshiradi.
5.12. Kripto Hamyon pul yuvishga qarshi kurash va firibgarlikning oldini olish qonunlariga rioya qilish, shuningdek, organlarning soʻroviga binoan taqdim etish maqsadida Foydalanuvchi operatsiyalari yozuvlarini saqlaydi va tasdiqlash hamda monitoring uchun taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlarni 5 yilgacha xavfsiz saqlaydi.
6. Kripto Hamyon Xizmatlari
Kripto Hamyon orqali siz quyidagi turli Xizmatlarga kirishingiz mumkin:
6.1. Depozit-saqlash: Kripto Hamyon – bu depozit-saklash xizmati boʻlib, biz sizning Virtual Aktivlaringiz himoyasini ta'minlash uchun maxfiy kalitlaringizni xavfsiz saqlaymiz.
Sizning Virtual Aktivlaringiz biz tomonidan sizning nomingizdan saqlanganida, Kripto Hamyon ularning xavfsizligi va tegishli nazoratini ta'minlash maqsadida bu Virtual Aktivlarni tegishli tarzda hisobga oladi, roʻyxatdan oʻtkazadi va himoya qiladi. Sizning Qoʻllab-quvvatlanadigan Virtual Aktivlaringiz Kripto Hamyon balansingizga oʻtkaziladi va tizimimiz ichida Kripto Hamyonning oʻz aktivlaridan ichki ravishda ajratiladi.
Kripto Hamyon bank hisob raqami emas va Kripto Hamyon depozit-saqlashida turgan Virtual Aktivlar depozitlar yoki boshqa moliyaviy mahsulotlar hisoblanmaydi. Kripto Hamyon sizning nomingizdan saqlanayotgan Qoʻllab-quvvatlanadigan Virtual Aktivlar uchun, aniq shartlar bilan tartibga solinadigan boshqa alohida Xizmat doirasida aniq nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, foiz (interest) taqdim etmaydi.
Sizning qulayligingiz uchun Virtual Aktivlarning miqdori faqat ma'lumot maqsadlarida fiat ekvivalentida koʻrsatiladi. Kripto Hamyon Virtual Aktivlarni fiat valyutaga almashtirish xizmatlarini taklif qilmaydi va bu ma'lumotlar almashtirish kurslarining ifodasi sifatida talqin qilinmasligi kerak.
6.2. Yuborish (Send): With Crypto Wallet, you can send your Virtual Assets to any of your Telegram contacts, or perform on-chain transfers and deposits. Please note that blockchain transactions are irreversible by nature, meaning once confirmed, they cannot be undone.
6.3. Sotib Olish (Purchase): Siz Kripto Hamyon bilan integratsiya qilingan uchinchi tomon xizmatlaridan foydalangan holda Kripto Hamyondagi balansingizni toʻldirishingiz mumkin. Ushbu xizmatlarga kirish orqali siz uchinchi tomon platformasiga yoʻnaltirilasiz va ularning shartlari va qoidalariga boʻysunasiz. Kripto Hamyon ushbu uchinchi tomon xizmatlaridan foydalanishingizdan kelib chiqadigan har qanday harakatlar, operatsiyalar yoki masalalar uchun javobgar emas.
6.4. Kripto Hamyondan foydalanish vaqtida siz vaqti-vaqti bilan turli kampaniyalarga kirish imkoniyatiga ega boʻlishingiz mumkin. Iltimos, ular farq qilishi va sizning foydalanishingizga, huquqlaringizga va majburiyatlaringizga ta'sir qilishi mumkinligi sababli, har bir kampaniya bilan bogʻliq boʻlgan aniq shartlar va qoidalarni koʻrib chiqishingiz va tushunishingiz shart.
6.5. Kripto Hamyon fiat bilan bogʻliq xizmatlarni amalga oshirmaydi va Foydalanuvchilar nomidan hech qanday fiat pulini saqlamaydi. Buning oʻrniga, u Foydalanuvchilarning Virtual Aktivlar balanslari va operatsiya miqdorlarini qulaylik uchun fiat valyutada koʻrsatadi. Virtual Aktivlarni fiat valyutaga sotib olish uchinchi tomon provayderlar tomonidan amalga oshiriladi.
6.6. Ayrim Xizmatlar mahalliy qoidalar, ichki tartiblar yoki siyosatlar tufayli ma'lum yurisdiktsiyalarda mavjud boʻlmasligi mumkin. Ushbu Xizmatlarning mavjudligi Kripto Hamyonning mutlaq xohishiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
6.7. Xizmatlardan foydalangan holda amalga oshiradigan operatsiyalaringizga har qanday soliqlar qoʻllanilishini baholash va tegishli soliq organlariga toʻgʻri miqdordagi soliqlarni ushlab qolish, yigʻish, hisobot berish va toʻlashni ta'minlash toʻliq sizning javobgarligingizdadir. Biz yuridik yoki soliq maslahatini bermaymiz va operatsiyalaringizga soliqlar qoʻllanilishini aniqlash, shuningdek, faoliyatingiz bilan bogʻliq har qanday soliqlarni yigʻish, hisobot berish, ushlab qolish yoki toʻlash uchun javobgar emasmiz. Sizga yashash joyingizdagi mamlakatda soliq majburiyatlaringiz va holatingizni tushunish uchun advokat yoki professional soliq maslahatchisi bilan maslahatlashishingizni qat'iy tavsiya qilamiz.
7. Uchinchi Tomonlar Orqali Ko'rsatiladigan Xizmatlari
7.1. Almashtirish: Kripto Hamyon ichidagi Almashtirish xizmati Kripto Hamyonga texnik jihatdan integratsiya qilingan Asterium tomonidan taqdim etiladigan uchinchi tomon xizmati boʻlib, u toʻgʻridan-toʻgʻri Hamyon interfeysi orqali almashtirishlarni boshlash va yakunlash imkonini beradi.
Asterium orqali siz har qanday Qoʻllab-quvvatlanadigan Virtual Aktivlarni yoki Savdo Qilinadigan Aktivlarni belgilangan Qoʻllab-quvvatlanadigan Virtual Aktivlarga (hozirda USDT, TON yoki XLM) almashtirishingiz mumkin. Siz Almashtirishni boshlaganingizda, asosiy kontragent sifatida ishlaydigan Asterium bilan toʻgʻridan-toʻgʻri operatsiyaga kirishasiz.
Kripto Hamyon bank hisob raqami emas va Kripto Hamyon depozit-saqlashida turgan Virtual Aktivlar depozitlar yoki boshqa moliyaviy mahsulotlar hisoblanmaydi. Kripto Hamyon sizning nomingizdan saqlanayotgan Qoʻllab-quvvatlanadigan Virtual Aktivlar uchun, aniq shartlar bilan tartibga solinadigan boshqa alohida Xizmat doirasida aniq nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, foiz (interest) taqdim etmaydi.
Sizning qulayligingiz uchun Virtual Aktivlarning miqdori faqat ma'lumot maqsadlarida fiat ekvivalentida koʻrsatiladi. Kripto Hamyon Virtual Aktivlarni fiat valyutaga almashtirish xizmatlarini taklif qilmaydi va bu ma'lumotlar almashtirish kurslarining ifodasi sifatida talqin qilinmasligi kerak.
7.2. Virtual Aktivlarni Fiat Valyutaga Sotib Olish va Sotish. Kripto Hamyon mini-ilovasi orqali Virtual Aktivlarni fiat valyuta bilan sotib olish va sotish mustaqil uchinchi tomon xizmat koʻrsatuvchi provayder Asterium tomonidan taqdim etiladi va boshqariladi.
7.3. Uchinchi tomon xizmatlariga kirish yoki ulardan foydalanish orqali siz quyidagilarni tan olasiz va ularga rozilik bildirasiz:
a. Sizning uchinchi tomon xizmatlaridan foydalanishingiz tegishli provayderlarning shartlari, maxfiylik siyosatlari va amaliyotlariga boʻysunadi;
b. Kripto Hamyon uchinchi tomon provayderlarning xatti-harakatlari, xizmatlari yoki faoliyatini ma'qullamaydi, nazorat qilmaydi yoki ular uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi, shu jumladan ularning platformalari orqali oʻtkazilgan, saqlangan yoki ayirboshlangan har qanday fiat mablagʻlarning xavfsizligini ta'minlash bilan cheklanmasdan;
c. Sizning uchinchi tomon xizmatlaridan foydalanishingizdan kelib chiqadigan har qanday nizolar, da'volar yoki masalalar Kripto Hamyonga murojaat qilmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri siz va tegishli provayder oʻrtasida hal qilinadi.
7.4. TON Wallet: TON Wallet – Telegram platformasiga integratsiya qilingan mustaqil uchinchi tomon xizmatidir. TON Wallet'dan foydalanish orqali siz quyidagilarni tan olasiz va ularga rozilik bildirasiz: TON Wallet'ga kirishingiz va undan foydalanishingiz alohida shartlar va qoidalar hamda maxfiylik siyosatlari bilan tartibga solinadi. Kripto Hamyon TON Wallet'ni boshqarmaydi, nazorat qilmaydi yoki unga rahbarlik qilmaydi va TON Wallet xizmatidan foydalanishingizdan kelib chiqadigan har qanday harakatlar, operatsiyalar, xavfsizlik buzilishlari yoki boshqa masalalar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.
7.5. Barcha ma'lumotlar yoki kontent, shu jumladan Kripto Hamyon mini-ilovasida uchinchi tomon xizmatlari tomonidan taqdim etilgan har qanday kontent, faqat axborot maqsadlari uchungina moʻljallangan. Bunday ma'lumotlar investitsiya maslahati, moliyaviy maslahat, savdo maslahati yoki boshqa har qanday professional maslahat sifatida talqin qilinmasligi va shunday boʻlishi nazarda tutilmagan.
7.6. Siz Kripto Hamyon mini-ilovasi yoki uchinchi tomon xizmatlari orqali amalga oshirilgan har qanday operatsiyalar, investitsiyalar yoki faoliyatlar boʻyicha oʻz mustaqil tekshiruvlaringizni oʻtkazish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun faqat oʻzingiz javobgar ekanligingizni tan olasiz va bunga rozilik bildirasiz.
8. Toʻlovlar va Operatsiyalarni (Tranzaksiyalarni) Amalga Oshirish Muddati
8.1. Muayyan Xizmat uchun qoʻllaniladigan toʻlovlar hamda minimal va maksimal operatsiya (tranzaksiya) chegaralari haqidagi eng dolzarb ma'lumot har bir operatsiya vaqtida Kripto Hamyon interfeysida koʻrsatiladi, shuningdek, Tez-tez soʻraladigan savollar (FAQ) boʻlimida ham mavjud. Belgilangan chegaralarga mos kelmaydigan operatsiyalar amalga oshirilmaydi.
8.2. Har qanday operatsiyani davom ettirish orqali Foydalanuvchi operatsiya vaqtida amalda boʻlgan tegishli toʻlovlar va operatsiya chegaralarini aniq tan oladi va ularga rozilik bildiradi. Tez-tez soʻraladigan savollar (FAQ) boʻlimida berilgan ma'lumotlar bilan Kripto Hamyon interfeysidagi ma'lumotlar oʻrtasida har qanday nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, operatsiya vaqtida Kripto Hamyon interfeysida koʻrsatilgan toʻlovlar va operatsiya chegaralari ustunlik qiladi.
8.3. Barcha yechib olish soʻrovlari minimal chegaralarga boʻysunadi. Qoʻllaniladigan minimal yechib olish miqdoridan past boʻlgan soʻrovlar, shu jumladan Hisob qaydnomangiz bekor qilingan yoki toʻxtatilgan taqdirda ham, amalga oshirilmaydi. Minimal yechib olish chegaralari Virtual Aktiv turiga, tegishli tarmoqqa yoki muayyan Xizmatga qarab farq qilishi mumkin va oldindan ogohlantirmasdan bizning mutlaq ixtiyorimizga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. Qoʻllaniladigan minimal yechib olish chegaralari Tez-tez soʻraladigan savollar (FAQ) boʻlimida keltirilgan boʻlib, u shu orqali ushbu Shartnomaga kiritilgan hisoblanadi.
8.4. Ayrim hollarda, operatsiyalarni amalga oshirish muddati muvofiqlik talablari, texnik cheklovlar yoki tegishli blokcheyn protokolining operatsion talablari tufayli uzaytirilishi mumkin.
8.5. Kripto Hamyon toʻlovlar va operatsiya chegaralarini oldindan ogohlantirmasdan oʻz xohishiga koʻra oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
9. Taqiqlangan Foydalanish
9.1. Agar biz tomonidan alohida shartnoma asosida aniq ruxsat berilmagan boʻlsa, Xizmatlarimizdan quyidagi faoliyatlarning har qanday biri uchun foydalanish qat'iyan man etiladi ("Taqiqlangan Foydalanish"). Biz ushbu qoidaning ijrosini ta'minlash uchun operatsiyalaringiz va Hisob qaydnomangizni nazorat qilish huquqini oʻzimizda saqlab qolamiz:
a. Biznesdan-biznesga (B2B) operatsiyalar. Xizmatlarimiz faqat shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan boʻlib, har qanday biznesdan-biznesga faoliyat qat'iyan man etiladi;
b. Taqiqlangan tovarlar va xizmatlar: Quyidagilarni sotish, targʻib qilish yoki yengillashtirish qat'iyan man etiladi: giyohvand moddalar yoki noqonuniy vositalar; qurol-yarogʻ, oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar va tegishli aksessuarlar; tamaki mahsulotlari; dori-darmonlar, parhez qoʻshimchalari yoki har qanday litsenziyalanmagan farmatsevtika mahsulotlari; hukumat guvohnomalari, oʻgʻirlangan tovarlar (shu jumladan raqamli tovarlar), qalbakilashtirilgan mahsulotlar yoki noqonuniy import/eksport qilingan mahsulotlar;
c. Moliyaviy firibgarlik va xavfli investitsiyalar: Yuqori daromadli moliyaviy sxemalarda, piramida yoki Ponzi sxemalarida, matritsa dasturlarida yoki har qanday tez boyib ketish sxemalarida ishtirok etish taqiqlanadi. Bunga shuningdek, onlayn savdo xizmatlari, arzon auktsionlar (penny auctions) va teskari auktsionlar kiradi;
d. Intellektual mulk huquqini buzish: Tegishli litsenziyasiz mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallarni, masalan, musiqa, videolar yoki dasturiy ta'minotni tarqatishga ruxsat berilmaydi. Bundan tashqari, qalbakilashtirilgan tovarlarni yoki zarur sertifikatlanmagan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi;
e. Huquqlarni buzish va kamsituvchi faoliyatlar: Uchinchi shaxslarning huquqlarini buzadigan yoki jinsi, irqi, dini, millati yoki jinsiy orientatsiyasi asosida kamsitishni targʻib qiladigan har qanday faoliyat man etiladi. Bunga shuningdek, ma'lum siyosiy e'tiqodlarni targʻib qilish, zoʻravonlikka chaqiriqlar yoki ekstremistik faoliyatlar, har qanday mamlakat yoki mintaqadagi harbiy mojarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda noqonuniy moddalarni iste'mol qilishni yoki jinsiy ekspluatatsiyani ragʻbatlantiradigan kontent kiradi;
f. Litsenziyalanmagan qimor oʻyinlari va kattalar uchun kontent: Qimor oʻyinlari (masalan, poker, pul tikish va binar optsionlar) bilan shugʻullanish va kattalar uchun kontentni targʻib qilish yoki tarqatish qat'iyan man etiladi;
g. Bozor manipulyatsiyasi: Kripto Hamyonning mutlaq fikriga koʻra, har qanday Virtual Aktivning narxini yoki bozor tushunchasini nazorat qilish yoki sun'iy ravishda ta'sir qilishga qaratilgan har qanday faoliyat. Bunga cheklovsiz, "pump-and-dump" sxemalari, "wash trading" (soxta savdo), oʻz-oʻziga savdo qilish, "front running" (oldindan savdo qilish), "quote stuffing", "spoofing", "layering" yoki shunga oʻxshash manipulyativ yoki aldovchi amaliyotlar kiradi;
h. Cheklangan faoliyatlar: Qonun bilan taqiqlangan yoki cheklangan har qanday biznes yoki xizmat bilan shugʻullanishga ruxsat berilmaydi.
Bu roʻyxat istalgan vaqtda oʻzgartirilishi mumkin va toʻliq hisoblanmaydi. Bu yerdagi taqiqlar tegishli yurisdiktsiyaga va amaldagi huquqiy talablarga qarab farq qilishi mumkin.
9.2. Agar bizning mutlaq xohishimizga koʻra, sizning Hisob qaydnomangiz yuqorida sanab oʻtilgan har qanday Taqiqlangan Foydalanish bilan bogʻliq deb gumon qilsak, biz ogohlantirmasdan zudlik bilan chora koʻrishimiz mumkin. Bu Hisob qaydnomangizni toʻxtatish yoki bekor qilish, operatsiyalarni blokirovka qilish yoki mablagʻlaringizni muzlatib qoʻyishni oʻz ichiga olishi mumkin. Bundan tashqari, biz har qanday gumon qilingan yoki haqiqiy taqiqlangan faoliyatlar haqida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish huquqini oʻzimizda saqlab qolamiz.
10. Shartnomani Bekor Qilish
10.1. Foydalanuvchi tomonidan bekor qilish: Siz istalgan vaqtda [@wallet_supportbot[(https://t.me/wallet_supportbot) orqali xabar berish va qoʻllab-quvvatlash jamoasi tomonidan taqdim etilgan koʻrsatmalarga amal qilish orqali Hisob qaydnomangizni bekor qilishingiz va Kripto Hamyon'dan foydalanishni toʻxtatishingiz mumkin.
10.2. Kripto Hamyon tomonidan bekor qilish: Kripto Hamyon qonuniy talablarga rioya qilish va Xizmatlarimiz xavfsizligini ta'minlash maqsadida, oldindan ogohlantirish bilan yoki ogohlantirishsiz, oʻzining mutlaq xohishiga koʻra, Xizmatlarga kirishingizni toʻxtatish yoki bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Hisob qaydnomangiz toʻxtatilgan yoki bekor qilingan taqdirda, Kripto Hamyon bunday harakatlarning asosiy sabablarini oshkor qilishni cheklash yoki ushlab turish huquqini oʻzida saqlab qoladi, agar bunday oshkor etmaslik amaldagi qonunlar, tartibga soluvchi majburiyatlar, ichki xavfsizlik protokollari yoki xavfni boshqarish siyosatlariga rioya qilish uchun zarur boʻlsa.
10.3. Ayrim favqulodda holatlarda, Kripto Hamyon tomonidan bekor qilingan va Hisob qaydnomangiz toʻxtatilgan taqdirda, muvofiqlik talablari yoki boshqa huquqiy majburiyatlar tufayli Virtual Aktivlaringiz muzlatib qoʻyilishi va har qanday yechib olish operatsiyalari oldini olinishi mumkin. Virtual Aktivlarni yechib olish imkoniyati siz taqdim etgan ma'lumotlarga va sizning aniq holatingizni koʻrib chiqishga asoslanib tiklanishi mumkin.
10.4. Ushbu Shartnoma bekor qilinganidan soʻng:
a. Sizga ushbu Shartnoma boʻyicha berilgan barcha huquqlar darhol oʻz kuchini yoʻqotadi;
b. Har qanday bajarilmagan majburiyatlar, shu jumladan toʻlovlar, majburiyatlar yoki kutilayotgan operatsiyalar, bekor qilish holatlariga ruxsat berilgan joylarda zudlik bilan hal qilinishi shart;
c. Siz endi hech qanday Xizmatlarga kira olmaysiz va Hisob qaydnomangiz oʻchirib qoʻyiladi.
10.5. Toʻxtatilgan Hisob qaydnomalaridagi Qoldiq Balanslar: Agar Hisob qaydnomasi oʻn ikki (12) oy yoki undan koʻproq muddatga toʻxtatilgan, bekor qilingan yoki faoliyatsiz boʻlib qolsa, Kripto Hamyon oʻz xohishiga koʻra, bunday balanslar amaldagi tarmoq toʻlovlarini qoplashga yetarli boʻlmagan hollarda qoldiq balanslarni hisobga xizmat koʻrsatish xarajatlariga yoʻnaltirishi yoki minimal yechib olish miqdoridan past boʻlgan balanslarni butunlay hisobdan chiqarib yuborishi mumkin.
10.6. Shartlarning amal qilishda davom etishi (Survival of terms): Ushbu Shartnomaning bekor qilinganidan keyin ham oʻz tabiati boʻyicha amal qilishda davom etishi lozim boʻlgan har qanday qoidalari, jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda, javobgarlikni rad etishlar, javobgarlikni cheklash, zararni qoplash va amaldagi qonun kabi qoidalar bekor qilinganidan keyin ham oʻz kuchida qoladi.
10.7. Aniq Xizmatlarning bekor qilinishi: Kripto Hamyon qonun talab qiladigan hollar bundan mustasno, har qanday aniq Xizmatni istalgan vaqtda, oldindan ogohlantirmasdan bekor qilish, oʻzgartirish yoki tugatish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
11. Egalik huquqi va Intellektual Mulk Huquqlari
11.1. Xizmatlarga, shu jumladan har qanday tegishli dasturiy ta'minot, texnologiya va ulardagi barcha intellektual mulk huquqlariga oid barcha huquqlar, egalik va manfaatlar Kripto Hamyon'ning mutlaq mulki boʻlib qoladi va shunday boʻlib qolishi shart.
11.2. Sizga ushbu Shartnomaga muvofiq Xizmatlarga kirish va ulardan foydalanish uchun berilgan cheklangan litsenziyalardan tashqari, Xizmatlarga oid hech qanday huquq yoki manfaatlar sizga oʻtkazilmaydi.
11.3. Xizmatlar mualliflik huquqi, savdo belgilari va boshqa amaldagi intellektual mulk qonunlari bilan himoyalangan. Xizmatlardan ruxsatsiz foydalanish ushbu qonunlarning buzilishi hisoblanishi mumkin va qat'iyan taqiqlanadi.
12. Javobgarlikni Cheklash
12.1. Kripto Hamyon va uning affillangan shaxslari vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladigan Xatarlar Oshkor etilishi boʻlimida belgilangan xatarlardan kelib chiqadigan har qanday toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita yoʻqotishlar, zararlar yoki xarajatlar uchun javobgar boʻlmaydi. Bu Qoʻllab-quvvatlanadigan Virtual Aktivlar asosidagi protokollarning ishlashi, funksionalligi, xavfsizligi yoki mavjudligi bilan bogʻliq masalalarni, shuningdek, har qanday ta'minlangan Virtual Aktivlarning qiymati yoki rezervining yetarliligini oʻz ichiga oladi.
12.2. Kripto Hamyon virtual aktivlar narxi ma'lumotlaridagi har qanday xatolar, notoʻgʻri ma'lumotlar, kechikishlar yoki uzilishlar uchun, shuningdek, rejalashtirilgan yoki rejalashtirilmagan texnik xizmat koʻrsatish sababli xizmatning toʻxtab qolishi uchun javobgar emas. Boshqa Foydalanuvchilar yoki uchinchi tomonlarning harakatlari, harakatsizliklari yoki buzilishlari uchun, shuningdek, Hisob qaydnomangizga qoʻyilgan har qanday cheklovlar, masalan, toʻxtatib turish, blokirovka qilish yoki cheklash davrida aktivlarni yechib olish, koʻrsatmalar berish yoki operatsiyalar oʻtkazish imkoniyatining yoʻqligi uchun ham javobgarlik istisno qilinadi.
12.3. Kripto Hamyon operatsiya nosozliklari, kechikishlar yoki Hisob qaydnomangizga qoʻllanilgan chegaralar uchun, shuningdek, ma'lum virtual aktivlarni qoʻllab-quvvatlash yoki qoʻllab-quvvatlamaslik toʻgʻrisidagi qarorlar uchun javobgar emas. Bunga Hisob qaydnomangizdan yoki ruxsat etilgan aloqa kanallaridan yuborilgan koʻrsatmalarga tayanib ish qilish hamda tegishli xavfsizlik choralarini ta'minlamaganingiz natijasida yuzaga kelgan har qanday xavfsizlik buzilishlari kiradi.
12.4. Kripto Hamyon Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan da'vo qilish muddati ichida rasmiy sud harakati qoʻzgʻatilmaguncha nizolar uchun javobgar boʻlmaydi. Ushbu cheklov sababdan qat'i nazar, shu jumladan e'tiborsizlik tufayli yuzaga kelgan hollarga ham qoʻllaniladi va qonun tomonidan ruxsat etilgan eng toʻliq darajada amal qiladi.
13. Zararlarni Qoplash
Siz Kripto Hamyonni, uning bosh kompaniyasini, shoʻba korxonalarini, affillangan shaxslarini va ularning tegishli direktorlarini, mansabdor shaxslarini, xodimlarini, aksiyadorlarini, litsenziarlarini, hamkorlarini, pudratchilarini va agentlarini quyidagilardan kelib chiqadigan yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan har qanday va barcha yoʻqotishlar, da'valar, zararlar, xarajatlar, majburiyatlar va toʻlovlardan (shu jumladan oqilona advokatlik va auditorlik toʻlovlaridan) himoya qilishga, kafolatlashga va ularga ziyon yetkazmaslikka rozilik bildirasiz:
a. Xizmatlardan foydalanishingiz yoki notoʻgʻri foydalanishingiz;
b. Siz tomonidan ushbu Shartnomaning buzilishi;
c. Siz tomonidan amaldagi qonunlar yoki qoidalarning har qanday buzilishi;
d. Sizning harakatlaringiz yoki harakatsizliklaringizdan kelib chiqadigan boshqa Foydalanuvchi, dasturchi yoki uchinchi tomonning har qanday da'vosi.
14. Fors-major (Yengib Boʻlmas Xodisalar)
Biz oʻzimiz nazorat qila olmaydigan sabablar, shu jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda, quyidagi hodisalar natijasida yuzaga keladigan Xizmatdagi har qanday kechikishlar, nosozliklar yoki uzilishlar uchun javobgar boʻlmaymiz:
a. Umumiy Hodisalar: Tabiiy ofatlar, fuqarolik yoki harbiy hokimiyat harakatlari, terrorizm, fuqarolik tartibsizliklari, mehnat nizolari, pandemiyalar yoki telekommunikatsiya va Internet xizmatlaridagi uzilishlar;
b. Texnologik Nosozliklar: Uskuna yoki dasturiy ta'minotning ishdan chiqishi, kiberhujumlar, xakerlik yoki boshqa yovuz niyatli harakatlar;
c. Blokcheynga Xos Hodisalar: Tarmoqning tiqilib qolishi, protokol nosozliklari, forklar (boʻlinishlar), yangilanishlar, 51% hujumlari yoki Virtual Aktivlarga ta'sir qiluvchi sezilarli bozor uzilishlari, shu jumladan narxning haddan tashqari oʻzgaruvchanligi (volatilligi), ta'minot tanqisligi yoki likvidlik inqirozlari;
d. Tartibga Soluvchi Harakatlar: Hukumat sanksiyalari, tartibga soluvchi oʻzgarishlar yoki blokcheyn operatsiyalari yoxud Virtual Aktivlar tranzaksiyalariga ta'sir qiluvchi cheklovlar.
15. Biz Bilan Aloqa
15.1. Har qanday fikr-mulohaza, savollar yoki shikoyatlar uchun biz bilan rasmiy @wallet_supportbot orqali bogʻlanishingiz mumkin.
15.2. Ushbu Shartnoma, shuningdek, bu yerda havola qilingan har qanday boshqa alohida shartlar sizga oʻzbek tilida taqdim etiladi.
16. Nizolarni Bartaraf Etish Tartibi
SIZ VA KRIPTO HAMYON USHBU SHARTNOMADAN YOKI SIZNING XIZMATLARDAN FOYDALANISHINGIZDAN KELIB CHIQADIGAN HAR QANDAY NIZOLARNI QUYIDAGI TARTIB-QOIDALAR ORQALI HAL QILISHGA ROZILIK BILDIRASIZ, BU BIZ BILAN BOʻLGAN HAR QANDAY NIZODA SIZNING HUQUQLARINGIZGA VA YECHIM IZLASH USULINGIZGA TA'SIR QILISHI MUMKIN. HAR QANDAY NIZO AVVAL KRIPTO HAMYONNING SHIKOYAT JARAYONI ORQALI HAL QILINISHI SHART. FAQATGINA YARASHUV YOʻLI BILAN HAL QILISH UCHUN BARCHA OQILONA CHORALAR TUGAZILGANIDAN SOʻNGGINA, HAR QANDAY TOMON BU YERDA BELGILANGAN AMALDAGI QONUN VA SUD YURISDIKTSIYASIGA MUVOFIQ RASMIY SUD JARAYONINI BOSHLASHI MUMKIN.
16.1. Agar sizda Kripto Hamyon yoki taqdim etilgan Xizmatlarga oid har qanday nizo yoki da'vo mavjud boʻlsa, siz oʻz shikoyatingizni hal qilishga harakat qilishingiz va ishingizning batafsil yozma tavsifini koʻrib chiqish uchun Shikoyatlar Guruhimizga [email protected] elektron manziliga yuborishingiz shart. Agar siz ushbu Shartnoma boʻyicha huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, Shartnoma shartlari bajarilmagan yoki avval koʻtarilgan masalaga toʻliq boʻlmagan yoki asossiz yechim olgan boʻlsangiz, shikoyat yuborishingiz mumkin. Siz va Kripto Hamyon har biringiz shikoyatni vijdonan muhokama qilishga rozilik bildirasiz va har qanday rasmiy sud jarayonini boshlashdan oldin ushbu 16-bandda belgilangan shikoyatlarni hal qilish jarayoni orqali nizoni hal qilish uchun barcha oqilona sa'y-harakatlarni amalga oshirasiz.
16.2. Shikoyatingizning oʻz vaqtida va samarali koʻrib chiqilishini ta'minlash uchun siz shikoyat yubormoqchi ekanligingizni aniq koʻrsatishingiz va quyidagi ma'lumotlarni kiritishingiz shart:
a. Shikoyatingizning aniq va qisqa tavsifi;
b. Shikoyatingizga sabab boʻlgan aniq harakatlar, hodisalar yoki operatsiyalar (tranzaksiyalar);
c. Siz kutayotgan maqsadli yechim yoki natija;
d. Shikoyatingizga tegishli har qanday tasdiqlovchi hujjatlar yoki dalillar.
16.3. Shikoyatingiz taqdim etilganidan soʻng, Kripto Hamyon suiiste'mol qilish, firibgarlik faoliyati oldini olish va amaldagi huquqiy va me'yoriy talablarga rioya etishni ta'minlash maqsadida shaxsingizni tasdiqlashni talab qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Yetarli ma'lumot taqdim etmaslik yoki shaxsingizni tasdiqlamaslik shikoyatingizni koʻrib chiqishning kechikishiga yoki chuqur tekshiruv oʻtkazishning imkonsizligiga olib kelishi mumkin.
16.4. Kripto Hamyon sizning rasmiy shikoyatingizni qabul qilganidan soʻng, quyidagilarni amalga oshiradi:
a. 3 Ish Kuni ichida shikoyat qabul qilinganligini tasdiqlash;
b. Taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib tekshiruv oʻtkazish;
c. Rasmiy shikoyat qabul qilingan sanadan boshlab 30 kun ichida topilmalarimiz va taklif etilayotgan yechim bilan javob berish. Biroq, ishning murakkabligi chuqur koʻrib chiqish va hal qilish uchun qoʻshimcha vaqt talab qilsa, ushbu muddat uzaytirilishi mumkin.
d. Agar tekshiruv davomida qoʻshimcha ma'lumot yoki hujjatlar talab qilinsa, Kripto Hamyon sizni bu haqda xabardor qiladi. Yechim muddati shikoyatning murakkabligiga va sizdan talab qilingan ma'lumotlarni taqdim etishingiz uchun zarur boʻlgan vaqtga qarab uzaytirilishi mumkin.
16.5. Agar Kripto Hamyon shikoyatlarni hal qilish jarayoni yakunida, ikki tomonning vijdonan harakatlariga qaramay, sizning shikoyatingizni hal qila olmasa, siz yoki Kripto Hamyon 17-bandda belgilangan tartibda rasmiy sud jarayonini boshlashi mumkin.
17. Qoʻllaniladigan Qonunchilik. Sud Yurisdiktsiyasi
17.1. Ushbu Shartnoma, shu jumladan uning tuzilishi, bajarilishi, talqin etilishi va ijrosi, shuningdek, u bilan bogʻliq yoki undan kelib chiqadigan har qanday nizolar, uning qonunlar kolliziyasi tamoyillaridan qat'i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tartibga solinadi va talqin etiladi.
17.2. Siz va Kripto Hamyon ushbu Shartnomadan yoki Xizmatlardan foydalanishingizdan kelib chiqadigan har qanday da'volar (xoh shartnoma, huquqbuzarlik, qonun, firibgarlik, notoʻgʻri ma'lumot berish yoki boshqa har qanday huquqiy nazariyaga asoslangan boʻlsin, va da'volar ushbu Shartnoma bekor qilinishidan oldin, davomida yoki keyin yuzaga kelishidan qat'i nazar) Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli sudi tomonidan sud tartibida hal etilishiga rozilik bildirasiz.
17.3. Agar ushbu Shartnomaning biron bir qoidasi amaldagi qonun ostida haqiqiy emas, noqonuniy yoki ijro etib boʻlmaydigan deb topilsa, bunday qoida oʻzining asl maqsadini imkon qadar toʻliq saqlab qolgan holda qonunga rioya qilish uchun zarur boʻlgan darajada oʻzgartirilgan deb hisoblanadi. Har qanday qoidaning haqiqiy emasligi, noqonuniyligi yoki ijro etib boʻlmasligi ushbu Shartnomaning qolgan qoidalarining haqiqiyligi yoki ijro etilishiga ta'sir qilmaydi.
17.4. Ushbu Shartnoma shu yerda keltirilgan mavzu boʻyicha tomonlar oʻrtasidagi barcha oldingi ogʻzaki yoki yozma muzokaralar, kelishuvlar, xabarlar va tushunchalarni bekor qilgan holda, toʻliq tushunish va kelishuvni tashkil etadi. Agar bu yerda aniq koʻrsatilmagan boʻlsa, boshqa hech qanday bayonotlar, kafolatlar, va'dalar yoki shartlar qoʻllanilmaydi.
Ushbu Shartnomaga ayrim qoidalarni aniqlashtirish va yaxshiroq tushunishga yordam berish uchun ba'zi ta'riflar kiritilgan. Agar boshqacha ta'riflanmagan yoki kontekst boshqacha talab qilmagan boʻlsa, barcha bosh harflar bilan yozilgan atamalar ularga berilgan ma'noni anglatadi:
Asterium – Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilgan va tegishli litsenziyaga ega boʻlgan, kripto-aktiv xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs ASTERIUM MCHJ'ni anglatadi. U Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli Loyihalar Milliy Agentligi tomonidan berilgan quyidagi litsenziyalarga ega: CE #0005 – Kripto-Birja, CD #0005 – Kripto-Depozitariy, CS #0013 – Kripto-Doʻkon. Ushbu Shartnoma maqsadlari uchun Asterium Kripto Hamyon ichida ma'lum bir xizmatlarini uchinchi tamon sifatida taqdim etishi mumkin, jumladan, Qoʻllab-quvvatlanadigan Virtual Aktivlarni almashtirish hamda Virtual Aktivlarni fiat valyutaga sotib olish va sotish bilan bogʻliq xizmatlarni taqdim etish va boshqa qo'shimcha xizmatlar.
Ish Kuni – Oʻzbekistonda shanba, yakshanba yoki rasmiy bayram boʻlmagan kunni anglatadi.
Depozit-saqlash (Custody) – Kripto Hamyonning Virtual Aktivlarni Foydalanuvchi nomidan ushlab turishi va himoya qilishi, shu Virtual Aktivlarga kirish, ularni saqlash yoki oʻtkazish uchun ishlatiladigan maxfiy kalitlar va hamyonlarni boshqarishini nazarda tutadi.
Almashtirish (Exchange) – Shartnomada belgilanganidek, bir Virtual Aktivni boshqasiga toʻgʻridan-toʻgʻri almashtirishni anglatadi.
Cheklangan Faoliyatlar – Qonun bilan taqiqlangan yoki cheklangan har qanday biznes yoki xizmat bilan shugʻullanishga ruxsat berilmaydi. Bunga shell banklar, egalik huquqi aksiyalari mavjud boʻlgan tashkilotlar bilan ishlash yoki mudofaa sanoati, yadro energiyasi yoki fil suyagi savdosi bilan bogʻliq faoliyat; bolalarni jinsiy suiiste'mol qilish materiallarini tarqatish yoki yaratishda ishtirok etish; kredit karta ma'lumotlari sotuvchilari; jinoiy tashkilotlar; "dark web" forumlari va bozorlari; tovlamachilik faoliyatlari; pul yuvish; taniqli jinoyatchilar yoki huquqni muhofaza qilish organlarining soʻrovi sub'ektlari bilan aloqalar; zararli dasturlar (malware), toʻlov talab qiluvchi dasturlar (ransomware) yoki ilmiy-tadqiqot kimyoviy moddalarini tarqatish yoki ishlatish; terroristik tashkilotlar bilan aloqadorlik; oʻgʻrilik bilan bogʻliq faoliyatlar; noqonuniy faoliyatni yashirish uchun moʻljallangan mikserlar yoki xizmatlarni ishlatish; sanksiya qilingan tashkilotlar bilan aloqa qilish; fishing sxemalari; Ponzi sxemalari va boshqa firibgarliklar; shuningdek, Cheklangan Yurisdiktsiyalarda joylashgan tashkilotlar bilan aloqadorlik kiradi.
Cheklangan Yurisdiktsiyalar – a) Quyidagi mamlakatlar va hududlar: Amerika Qoʻshma Shtatlari, Puerto-Riko, Amerika Samoasi, Guam, Shimoliy Mariana oroli, AQSh Virjiniya orollari (Sent-Krua, Sent-Jon va Sent-Tomas), Palau. Ushbu hududlarning rezidentlari yoki fuqarolariga Kripto Hamyondan foydalanish cheklanadi; b) Quyidagi mamlakatlar va hududlar: Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Eron, Afgʻoniston, Gaiti, Liberiya, Liviya, Mali, Myanma, Somali, Janubiy Sudan, Suriya Arab Respublikasi, Yaman, Kuba, Birlashgan Qirollik, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya Respublikasi, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Gvadelupa orollari, Martinika, Sen-Marten, Sen-Bartelemi, Sen-Pyer va Mikelon, Reyunion oroli, Mayotta, Fransiya Janubiy va Antarktika hududlari, Fransiya Polineziyasi, Yangi Kaledoniya, Uollis va Futuna, Gretsiya, Vengriya, Irlandiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Shvetsiya, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, tan olinmagan hududlar, jumladan, Qrim, Lugansk Xalq Respublikasi (LPR yoki LNR), Donetsk Xalq Respublikasi (DPR yoki DNR), Kosovo, Shimoliy Kipr, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Bangladesh, Misr, Efiopiya, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Kongo Demokratik Respublikasi (Kinshasa), Kongo Respublikasi (Brazzavil), Ruanda, Tanzaniya, Papua-Yangi Gvineya, Siyerra-Leone, Botsvana, Bruney Darussalom, Mavrikiy, Gambiya, Makao, Jibuti, Reyunion, Surinam, Gvadelupa, Somali, Martinika, Ekvatorial Gvineya, Lesoto, Gayana, Esvatini, Eritreya, Yangi Kaledoniya, Kabo-Verde, Bagama orollari, Fiji, Barbados, Gvineya-Bisau, Beliz, Mali, Sent-Lyusiya, Grenada, Jersi, Virjiniya orollari (Britaniya), Kayman orollari, Kyurasao. Ushbu hududlarning rezidentlariga Kripto Hamyondan foydalanish huquqi cheklanadi.
Cheklangan Yurisdiktsiyalarning eng aktual (hozirgi) roʻyxati Tez-tez soʻraladigan savollar (FAQ) boʻlimida mavjud va bu yerda havola orqali kiritilgan hisoblanadi. Cheklangan Yurisdiktsiyalardagi mavjud Foydalanuvchilar ayrim hollarda ba'zi Xizmatlarga kirishni saqlab qolishlari mumkin.
Qoʻllab-quvvatlanadigan Virtual Aktivlar – Kripto Hamyon qoʻllab-quvvatlaydigan va Foydalanuvchilarga depozit qilish, yechib olish, oʻtkazish, almashtirish va saqlash yoki operatsiyalar bajarish imkonini beruvchi virtual aktivlarni anglatadi. Bunga Kripto Hamyon Xizmatlariga tasdiqlangan va integratsiya qilingan Virtual Aktivlar kiradi. Qoʻllab-quvvatlanadigan Aktivlar roʻyxati va har biri uchun mavjud boʻlgan aniq operatsiyalar Kripto Hamyon interfeysida koʻrsatilgan boʻlib, ular dolzarb hisoblanadi va har qanday zid ma'lumotlardan ustun turadi. Kripto Hamyon vaqti-vaqti bilan Qoʻllab-quvvatlanadigan Virtual Aktivlar roʻyxatini yangilashi yoki oʻzgartirishi mumkin va bunday yangilanishlar Kripto Hamyonda yoki Foydalanuvchilarga yuborilgan xabarda aks ettiriladi.
Kripto Hamyon qoʻllab-quvvatlanmaydigan virtual aktivlar depozitlari uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi, ular butunlay yoʻqolishi mumkin.
Telegram – Kripto Hamyon mini-ilovasi integratsiya qilingan va unga kirish mumkin boʻlgan uchinchi tomon platformasi Telegram Messengerni anglatadi.
Savdo Qilinadigan Aktivlar – Kripto Hamyon tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan, Foydalanuvchilar Asterium tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Almashtirish xizmati orqali faqat belgilangan Qoʻllab-quvvatlanadigan Virtual Aktivlar bilan almashtirishi mumkin boʻlgan virtual aktivlarni anglatadi. Savdo Qilinadigan Aktivlar uchun tashqi hamyon manzillariga depozitlar, yechib olishlar, Telegram kontaktlariga oʻtkazmalar mavjud emas. "Savdo Qilinadigan Aktivlar" atamasi faqat xizmat nomiga tegishlidir va buyurtmalarni moslashtirish, narx taklif qilish mexanizmlari yoki an'anaviy moliyaviy savdo ijrosini nazarda tutmaydi.
Savdo Qilinadigan Aktivlar roʻyxati Tez-tez soʻraladigan savollar (FAQ) boʻlimida keltirilgan boʻlib, u shu orqali kiritilgan hisoblanadi. Biroq, Kripto Hamyon interfeysida koʻrsatilgan Savdo Qilinadigan Aktivlarning eng dolzarb roʻyxati ustunlik qiladi. Kripto Hamyon oʻz xohishiga koʻra va oldindan xabar bermasdan har qanday Savdo Qilinadigan Aktivlarni oʻzgartirish, yangilash yoki olib tashlash huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Kripto Hamyon Xizmat Koʻrsatuvchi Provayder – Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, roʻyxatdan oʻtish raqami 2549862 boʻlgan, roʻyxatdan oʻtgan manzili Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Muhandislar MFY, Bobur koʻchasi, 58A-uy boʻlgan litsenziyaga ega kompaniya TGHAMYON LLC ni anglatadi. Kripto Hamyon Xizmat Koʻrsatuvchi Provayder faoliyati Istiqbolli Loyihalar Milliy Agentligi (ILMA/NAPP) tomonidan tartibga solinadi. Kripto Hamyon Xizmat Koʻrsatuvchi Provayder Oʻzbekiston Respublikasida ushbu aniq xizmatlarni koʻrsatish uchun NAPP tomonidan 2025-yil 18-iyulda berilgan Kripto Depozitariy Litsenziyasi № CD#0006ga ega.