Oxirgi yangilanish: 2026-yil 4-fevral
Aksiya tashkilotchisi: “TGHAMYON” MCHJ
Manzil: Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 58A-uy
STIR: 311 554 372
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar: @tghamyon_official
Atamalar va Izohlar:
Kripto Hamyon — Tashkilotchi tomonidan litsenziya asosida taqdim etiladigan, kripto-aktivlarni saqlash va ayirboshlash uchun mo‘ljallangan raqamli hamyon servisi.
Ishtirokchi — Kripto-hamyon foydalanuvchisi bo‘lgan, mazkur Oferta bilan belgilangan ishtirok etish shartlarini bajargan shaxs.
Sovrin — mazkur Ofertaning 4-bo‘limiga muvofiq Aksiya doirasida o‘ynaladigan moddiy sovrinlar, kripto-aktivlar yoki boshqa mol-mulk.
Kripto Hamyon tomonidan o‘tkazilayotgan “10 USDT evaziga iPhone” aksiyasiga (keyingi o‘rinlarda — “Aksiya”) xush kelibsiz. Aksiyada ishtirok etish orqali siz mazkur Oferta bilan belgilangan qoida va shartlarga (keyingi o‘rinlarda — “Qoidalar”) rioya qilishga rozilik bildirasiz.
Mazkur Qoidalar Kripto-hamyon Foydalanuvchi shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mazkur Qoidalar va Foydalanuvchi shartnomasi o‘rtasida har qanday nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi shartnomasi ustuvor kuchga ega bo‘ladi. Biroq, mazkur Qoidalarning muayyan bandi umumiy qoidalarni bekor qilmasdan, balki ularni to‘ldirgan hollarda, bunday maxsus band ustuvorlikka ega bo‘ladi.
Ofertaning predmeti va aksept:
Mazkur Oferta Aksiyani o‘tkazishning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi va shaxslarning cheklanmagan doirasiga qaratilgan. Foydalanuvchi tomonidan mazkur Ofertaning 3-bo‘limida nazarda tutilgan harakatlarning bajarilishi (Kripto-hamyonda KYC verifikatsiyasidan o‘tgan holda ro‘yxatdan o‘tish va Aksiya o‘tkazilish davrida hisobni birinchi marta to‘ldirish) mazkur Ofertaning to‘liq va so‘zsiz aksepti (qabul qilinishi) hisoblanadi. Akseptlangan paytdan boshlab Tashkilotchi va Ishtirokchi o‘rtasida mazkur Ofertada bayon etilgan shartlar asosida shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.
Mazkur Oferta saytida joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi hamda Aksiya yakunlanguniga va G‘oliblar oldidagi barcha majburiyatlar to‘liq bajarilguniga qadar amal qiladi.
1. Aksiyaning asosiy sanalari va shartlari
1.1. Aksiyaning boshlanish sanasi: 2026-yil 5-fevral, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (UTC+5).
1.2. Aksiyaning yakunlanish sanasi: 2026-yil 20-fevral, Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da (UTC+5).
1.3. Aksiya faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida mamlakat rezidentlari uchun amal qiladi.
1.4. Kripto-hamyon o‘z xohishiga ko‘ra istalgan yurisdiksiyada Aksiyaning mavjudligini cheklash, kengaytirish yoki o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
1.5. Tashkilotchi istalgan vaqtda va har qanday sabablarga ko‘ra, hech qaysi Ishtirokchini oldindan xabardor qilmasdan, Aksiyaning davomiyligini, ko‘lamini yoki shartlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
2. Muvofiqlik talablari
2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun siz Kripto Hamyonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz va verifikatsiya (KYC) jarayonidan kamida “Ilg’or” darajasigacha o‘tishingiz kerak.
2.2. Aksiyada ishtirok etishga faqat Aksiya o‘tkazilishi davrida (2026 yilning 05 fevralidan - 20 fevraliga qadar) Kripto Hamyon balansini birinchi marotaba to‘ldirgan foydalanuvchilarga ruxsat beriladi. «Birinchi marotaba to‘ldirish» deganda, ilgari hech qachon (ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab Aksiya boshlanguniga qadar) Kripto Hamyon balansiga hech qanday usulda mablag‘ kiritmagan foydalanuvchi tomonidan balansning to‘ldirilishi tushuniladi. Avval Kripto Hamyon platformasidagi balansni to‘ldirgan yoki kripto-aktivlarni ayirboshlagan foydalanuvchilar Aksiyada ishtirok etish huquqiga ega emaslar.
2.3. Agar hisobingiz bloklangan, cheklangan yoki Foydalanuvchi shartnomasiga muvofiq Kripto Hamyon tomonidan o‘rnatilgan boshqa cheklovlarga ega bo‘lsa, siz ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmaysiz.
2.4. Agar Sovrin topshirilgunga qadar Foydalanuvchi shartnomasi yoki mazkur Qoidalarning buzilganligi (shu jumladan, firibgarlik va multiakkaunting holatlari) aniqlansa, Kripto Hamyon istalgan vaqtda sizni ishtirokingzni to’xtatish huquqiga ega.
3. Ishtirok etish tartibi
3.1. Aksiya davomida (2026-yil 5-fevraldan 20-fevralgacha) quyidagi shartlarning jamlangan holda bajarilishini ta’minlagan foydalanuvchi Aksiya ishtirokchisi deb e’tirof etiladi:
Shaxsni tasdiqlash (KYC) jarayonini “Ilg’or” darajagacha yakunlagan holda ro‘yxatdan o‘tish (yoki avvalroq to’liq ro‘yxatdan o‘tgan akkauntga ega bo‘lish).
Akkaunt yaratilgan kundan boshlab to Aksiya boshlangunga qadar Kripto Hamyon balansiga yagona tranzaksiya orqali dastlabki 10 USDT mablag‘ini kiritish.
3.2. Agar dastlabki xisobni to’ldirish kamida 10 USDTni tashkil etgan bo‘lsa, to‘ldirishdan keyin bozor volatilligi sababli aktivlar qiymatining har qanday pasayishi ishtirokchi maqomiga ta’sir qilmaydi.
3.3. Yutuqli o‘yin o‘tkazilish sanasi Aksiya yakunlangandan so’ng qo‘shimcha ravishda, lekin 2026-yil 25 fevraldan kechikmasdan e’lon qilinadi.
4. Sovrinlar va ularni taqsimlash tartibi
4.1. Aksiyaning umumiy sovrin jamg‘armasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Asosiy sovrinlar: 1 (bitta) iPhone 17 Pro (256 GB) smartfoni va 1 (bitta) PlayStation 5.
Kripto-aktivlardagi sovrinlar: har biri 200 USDT miqdoridagi 5 (beshta) sovrin va har biri 20 USDT miqdoridagi 20 (yigirmata) sovrin.
Brendli mahsulotlar: 20 (yigirmata) firma to‘plami (brendlangan shopper, futbolka, kiyim uchun magnit to‘g‘nog‘ich va kard-xolder).
4.2. G‘oliblar mazkur Qoidalarning 2 va 3-bo‘limlarida bayon etilgan Aksiya mezonlariga javob beradigan barcha ishtirokchilar orasidan elektron randomayzer yordamida tasodifiy tanlash usuli bilan aniqlanadi. Tanlov jarayoni yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinishi (apellyatsiya) mumkin emas.
4.3. Soliqqa tortish va hisobot berish:
Kripto-aktivlardagi sovrinlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.07.2018 yildagi PF-5502-son Farmoniga asosan, jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq daromadlari soliqqa tortishdan ozod etiladi.
Boshqa turdagi moddiy sovrinlar (iPhone, PlayStation 5): Asosiy buyum ko‘rinishidagi sovrinlarga nisbatan Kripto Hamyon soliq agenti deb tan olinadi. Kripto Hamyon mazkur sovrinlar qiymatidan kelib chiqadigan barcha tegishli soliqlarni hisoblash va Kripto Hamyonning o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
4.4. Asosiy sovrinlar (iPhone 17 Pro va PlayStation 5 konsoli) g‘oliblari uchun shartlar:
Sovrinlarni topshirish shaxsan Toshkent shahrida amalga oshiriladi.
Kripto Hamyonning rasmiy vakili G‘olib bilan Telegram platformasida “@tghamyon_official” rasmiy korporativ akkaunti orqali bog‘lanadi. Sovrinni olish uchun G‘olib 3 (uch) kalendar kun ichida Kripto Hamyon bilan aloqaga chiqishi shart.
Agar G‘olib 3 kun ichida aloqaga chiqmasa, uning natijasi bekor qilinadi va qolgan ishtirokchilar orasidan randomayzer yordamida yangi G‘olib qayta tanlanadi. Ushbu jarayon G‘olib bilan aloqa muvaffaqiyatli o‘rnatilguniga qadar takrorlanishi mumkin.
G‘olib O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida istiqomat qilgan taqdirda, u Sovrinni olish uchun Toshkent shahriga mustaqil ravishda kelishi shart. G‘olibning topshirish joyiga kelishi bilan bog‘liq barcha transport va boshqa xarajatlar G‘olib tomonidan mustaqil ravishda va o‘z hisobidan qoplanadi.
Topshirish jarayoni Kripto Hamyon tomonidan marketing maqsadlarida foydalanish uchun majburiy foto va videotasvirga olish bilan birga amalga oshiriladi.
Sovrinni olish vaqtida G‘olib Qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolashi shart, bu Kripto Hamyon tomonidan soliq hisobotlarini tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun zarur shart hisoblanadi.
4.5. Kripto-aktivlardagi sovrinlar (USDT) g‘oliblari uchun shartlar:
Kripto-aktivlardagi sovrinlar (USDT) Aksiya rasman yakunlangandan va natijalar e’lon qilingandan so‘ng 16 (o‘n olti) kalendar kuni mobaynida bevosita G‘olibning Kripto Hamyon balansiga o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha verifikatsiyadan o‘tish yoki ID-kartani taqdim etish (Kripto Hamyonda avval o‘tilgan KYC jarayonidan tashqari) talab etilmaydi.
4.6. Brendli mahsulotlar g‘oliblari uchun shartlar:
Brendli mahsulotlar to‘plamlari G‘oliblarga kuryerlik xizmati yoki mahalliy pochta orqali Kripto Hamyon hisobidan yuboriladi.
Yetkazib berishni tashkil qilish maqsadida Kripto Hamyonning rasmiy vakili G‘olib bilan Telegram platformasidagi “@tghamyon_official” rasmiy korporativ akkaunti orqali bog‘lanadi.
G‘olib Kripto Hamyonga quyidagi dolzarb ma’lumotlarni taqdim etishi shart: qabul qiluvchining F.I.Sh., aniq yetkazib berish manzili va bog‘lanish uchun telefon raqami.
G‘olib tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilishi oqibatida yetkazib berish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, Kripto Hamyon javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
Sovrinning tasodifiy nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi xavfi u kuryerlik (yetkazib berish) xizmatiga topshirilgan vaqtdan boshlab G‘olibga o‘tadi.
4.7. Sovrinlar va ularni olish bilan bog‘liq har qanday masalalar bo‘yicha ishtirokchilar Aksiya o‘tkazilgandan keyin 7 (yetti) kalendar kuni mobaynida @wallet_supportbot qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishlari mumkin. Ushbu muddat o‘tgandan so‘ng, sovrinlarni taqsimlash bo‘yicha har qanday e’tirozlar qabul qilinmaydi, natijalar esa yakuniy hisoblanadi va qayta ko‘rib chiqilmaydi.
5. O‘zgartirish va tuzatishlar
5.1. Kripto Hamyon mazkur Qoidalarni istalgan vaqtda o‘zgartirish, yangilash yoki ularga qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.2. Kripto Hamyon shuningdek, o‘z xohishiga ko‘ra istalgan vaqtda, oldindan xabardor qilmasdan Aksiyani to‘xtatib turish, o‘zgartirish yoki bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi, bunga firibgarlik, texnik nosozliklar yoki uning oqilona nazoratidan tashqari bo‘lgan har qanday boshqa omillar Aksiyaning yaxlitligi, xavfsizligi yoki to‘g‘ri ishlashini buzadigan yoki unga ta’sir ko‘rsatadigan holatlar ham kiradi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi.
6. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
6.1. Aksiyada ishtirok etish orqali siz Tashkilotchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlaringiz (shu jumladan, F.I.Sh., identifikatsiya ma’lumotlari, bog‘lanish ma’lumotlari, yetkazib berish manzili, tranzaksiyalar haqidagi ma’lumotlar) Aksiyani o‘tkazish, G‘oliblarni aniqlash, Sovrinlarni topshirish, soliq hisoboti hamda mazkur Oferta bo‘yicha majburiyatlarni bajarish maqsadida qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.
6.2. Shuningdek, siz Sovrinlarni topshirish jarayonida olingan foto va video materiallarni Tashkilotchi tomonidan reklama va marketing maqsadlarida qo‘shimcha kompensatsiyasiz foydalanilishi mumkinligiga rozilik bildirasiz.
6.3. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Tashkilotchi shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan texnik va tashkiliy choralarni ko‘radi.
7. Nizolarni hal qilish tartibi
7.1. Mazkur Ofertadan kelib chiqadigan yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar birinchi navbatda Ishtirokchi va Tashkilotchi o‘rtasidagi muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi lozim.
8. Javobgarlikni cheklash
8.1. Tashkilotchi ishtirokchining Aksiyaga kirish yoki unda ishtirok etish, shuningdek Sovrinlarni qo’lga kiritish, talab qilish yoki undan foydalanish imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday turdagi texnik muammolar, uzilishlar, kechikishlar, xatoliklar yoki nosozliklar (shu jumladan, internetga ulanish, Telegram funksionalligi, qurilmalarning mosligi yoki Kripto Hamyon servislari bilan bog‘liq muammolar, lekin ular bilan cheklanmagan holda) uchun javobgar bo‘lmaydi.
8.2. Tashkilotchi Aksiya yoki har qanday Sovringa nisbatan hech qanday kafolatlar, bayonotlar yoki tasdiqlar, xoh u aniq ifodalangan bo‘lsin yoki nazarda tutilgan bo‘lsin, taqdim etmaydi, shu jumladan ularning sifati, yaroqliligi yoki muayyan maqsadlarga muvofiqligi, lekin ular bilan cheklanmagan holda. Ishlab chiqarishdagi nuqsonlar aniqlangan taqdirda, G‘olib ishlab chiqaruvchining vakolatli servis markaziga murojaat qilishga haqli.
8.3. Tashkilotchi Aksiyada ishtirok etish, har qanday Bonusni berish, qabul qilish, olish, egalik qilish, undan foydalanish yoki noto‘g‘ri foydalanish natijasida yoki u bilan bog‘liq holda, shuningdek Aksiya bilan bog‘liq har qanday boshqa sababga ko‘ra yuzaga kelgan bilvosita zararlar, boy berilgan foyda yoki ma’naviy zarar, har qanday turdagi zarar, e’tirozlar yoki xarajatlar (bevosita, bilvosita, tasodifiy yoki oqibatli) uchun javobgar bo‘lmaydi.