Shartlar va Qoidalar
TRX Daromad Aksiyasi
Sana: 6 mart, 2026
TRX Daromad Aksiyasi (keyingi o‘rinlarda "Aksiya")ga xush kelibsiz. Ushbu Aksiyada ishtirok etish orqali siz mazkur Foydalanish shartlarga (keyingi o‘rinlarda "Shartlar") amal qilishga rozilik bildirasiz.
Bu Shartlar Kripto Hamyon Foydalanuvchi Shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu Shartlar va Foydalanuvchi Shartnomasi o'rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi Shartnomasi ustunlik qiladi. Biroq, ushbu Shartlardagi muayyan qoida umumiy qoidalardan farq qilmasa, aksincha, ularni to'ldirsa, bunday muayyan qoida ustunlik qiladi.
-
Aksiyaning Asosiy Shartlari
- Agar siz Aksiyada ishtirok etsangiz, Mukofotlaringiz TRON blokcheynida joylashtirilgan ochiq manbali, o‘z-o‘zini ijro etuvchi smart kontrakt tizimi — TRON protokoli asosida Kripto Hamyon tomonidan TRX biriktirilishi (staking) orqali, ya'ni TRON tarmog‘idagi on-chain biriktirish (staking) jarayonidan shakllanadi.
- Aksiya 2026-yil 6-martda boshlanadi va uning tugash muddati belgilanmagan. Aksiyada ishtirok etish imkoniyati uning davom etish muddati davomida mavjud. Kripto Hamyon o‘z xohishiga ko‘ra Aksiya davomiyligini o‘zgartirish huquqini saqlab qoladi.
-
Munosiblik
- Aksiyada ishtirok etish uchun siz Kripto Hamyon foydalanuvchisi bo‘lishingiz va kamida “Boshlang‘ich” (Basic) identifikatsiya darajasidan o‘tgan bo‘lishingiz shart. Kripto Hamyonning ichki siyosati asosida, sizdan “Kengaytirilgan” (Extended) yoki “Yuqori” (Advanced) darajadagi verifikatsiyadan o‘tish talab qilinishi mumkin.
- Agar siz Foydalanuvchi shartnomasi, ushbu Shartlar yoki Kripto Hamyonning ichki siyosatiga muvofiq biron-bir sababga ko‘ra bloklangan, cheklangan yoki ruxsatlaringiz cheklangan bo‘lsa, Aksiyada qatnashish huquqiga ega bo‘lmaysiz.
- Agar Kripto Hamyon Mukofotlar yig‘ilgan vaqt va ularni Kripto Hamyon balansiga yechib olishga uringan vaqtingiz oralig‘ida Foydalanuvchi shartnomasi, ushbu Shartlar yoki ichki siyosatni buzgan deb topsa, Mukofotlarni olish huquqidan mahrum bo‘lishingiz mumkin.
- Aksiya ayrim yurisdiksiyalarda (davlatlarda) mavjud bo‘lmasligi mumkin. Kripto Hamyon o‘z xohishiga ko‘ra muayyan yurisdiksiyalarda Aksiyaning mavjudligini o‘zgartirish huquqini saqlab qoladi.
-
Aksiyaga biriktirilgan balans
- TRX mablag‘laringizni Aksiyaga biriktirish uchun siz ma’lum miqdordagi TRX’ni asosiy balansingizdan Kripto Hamyon ichidagi alohida "Daromad" (Earn) hisobiga o‘tkazishingiz kerak.
- Aksiya uchun talab qilinadigan minimal balans miqdori 1 TRX bo‘lib, Aksiyaga biriktiriladigan mablag‘ning yuqori chegarasi belgilanmagan. Kripto Hamyon o‘z xohishiga ko‘ra Aksiyaga biriktirishning minimal va maksimal miqdorlarini o‘zgartirish huquqini saqlab qoladi.
- SIZ ISTALGAN VAQTDA O‘Z TRX MABLAG‘LARINGIZNI TO‘LIQ YOKI QISMAN YECHIB OLISHNI SO‘RASHINGIZ MUMKIN; BIROQ, ALOHIDA HOLLARDA, YECHIB OLISH HAJMI VA ASOSIY PROTOKOLNING OPERATSION CHEKLOVLARIDAN KELIB CHIQIB, HAR QANDAY YECHIB OLISH SO‘ROVINI QAYTA ISHLASH UCHUN 16 KALENDAR KUNIGACHA VAQT TALAB QILINISHI MUMKIN. KRIPTO HAMYONNING IXTIYORIGA KO‘RA, MABLAG‘LARNI YECHIB OLISH DARHOL AMALGA OSHIRILISHI MUMKIN, BIROQ BU KAFOLATLANMAYDI VA YECHIB OLISHNI QAYTA ISHLASH DAVRIDA HЕCH QANDAY MUKOFOTLAR HISOBLANMAYDI YOKI O‘TKAZILMAYDI. Biriktirilgan balansni to‘liq yechib olish sizning Aksiyadagi ishtirokingizni to‘xtatadi.
-
Mukofotlar
- Kripto Hamyon sizning Aksiyadagi ishtirokingiz davomiyligiga qarab, pog‘onali Yillik Foiz Daromadi (“APY”) tuzilmasini taklif etadi. Ushbu Aksiya uchun maxsus APY tuzilmasi har kuni yangilanadi va Kripto Hamyon interfeysidagi "Daromad" (Earn) hisobingizda ko‘rinadi. APY tuzilmasi haqidagi batafsil ma’lumotlar FAQ (Ko‘p uchraydigan savollar) bo‘limida e’lon qilingan [FAQ o’zbek tilida | FAQ rus tilida]. Iltimos, shuni yodda tutingki, APY tuzilmasi qat'iy belgilanmagan va bozorning muayan davrdagi holati asosida o‘zgarishi mumkin.
- Mukofotlar avvalgi kun davomida minimal biriktirilgan balans asosida har kuni hisoblanadi. Mukofotlar faqat TRX mablag‘laringiz Aksiyaga biriktirilgan to‘liq kalendar kunlari uchun hisoblanadi.
- Mukofotlar har kuni avtomatik ravishda "Daromad" hisobingizga o‘tkaziladi, bu esa kelajaktagi Mukofotlarn murakkab foizlar asosida hisoblash imkonini beradi. Agar siz "Daromad" hisobingizga o‘tkazilgan Mukofotlarni qisman yoki to‘liq yechib olmasangiz, o‘tgan davrlarda yig‘ilgan Mukofotlar Aksiyadagi ishtirokingiz davomida biriktirilgan balansingiz hisobini oshirib boradi.
- Siz o‘tmishdagi ko‘rsatkichlar kelajakdagi Mukofotlar kafolati emasligini hamda Mukofotlar miqdori o‘zgarishi yoki Kripto Hamyonning xohishiga ko‘ra to‘xtatilishi mumkinligini tan olasiz.
-
Xavflar to'g'risida ma'lumot va Javobgarlikni cheklash
-
Kripto Hamyon Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq foyda, daromad yoki har qanday moliyaviy yoxud iqtisodiy manfaatlar bo‘yicha hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki nazarda tutilgan bayonotlar, kafolatlar bermaydi. Kripto Hamyon Aksiyaning muvofiqligi, muayyan maqsadlarga mos kelishi yoki kutilgan natijalarga erishilishini kafolatlamaydi. Ishtirok etish faqat Foydalanuvchining o‘z tavakkalchiligi ostida amalga oshiriladi.
-
Aksiya an’anaviy moliyaviy omonat, investitsiya mahsuloti yoki jamg‘arma hisobvarag‘i emas hamda u moliyaviy institutlar yoki tartibga solinadigan moliyaviy vositalar tomonidan taqdim etiladigan kafolatlar yoki himoya choralariga ega emas.
-
Amaldagi qonunchilik yo‘l qo‘yadigan maksimal darajada, Kripto Hamyon Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita, tasodifiy, oqibatli, maxsus yoki jarima zararlari, jumladan, boy berilgan foyda, daromad yo‘qotilishi, ma’lumotlar yo‘qolishi, imkoniyat boy berilishi yoki boshqa har qanday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
-
Kripto Hamyon blokcheyn, smart kontraktlar yoki validatsiya mexanizmlariga egalik qilmaydi va ularni nazorat qilmaydi, shuningdek, ularning mavjudligi, ishonchliligi yoki uzluksiz ishlashiga kafolat bermaydi. Mukofotlar Kripto Hamyon tomonidan TRX biriktirish (staking) orqali taqdim etilgani sababli, Kripto Hamyon biriktirish (staking) bilan bog‘liq xavflar, jumladan: smart kontraktlardagi nosozliklar, tarmoq bandligi, boshqaruvdagi o‘zgarishlar, forklar (tarmoq bo‘linishi), validatorlarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari, tizimdagi nosozliklar, blokcheyn tarmog‘i yoki xizmatlaridagi rejasiz uzilishlar, apparat yoki dasturiy ta’minot nuqsonlari, xavfsizlik tizimi buzilishi hamda Mukofotlar miqdorining tebranishi uchun javobgar emas. Mukofotlarning mavjudligi va miqdori ushbu omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin va Kripto Hamyon biron bir aniq daromadni yoki Mukofotlarning doimiy ravishda yig‘ilishini kafolatlamaydi. Siz Aksiyaga biriktirilgan har qanday raqamli aktivlar alohida holatlarda qisman yoki to‘liq yo‘qolishi mumkinligini va bunday yo‘qotish, ayniqsa protokol bilan bog‘liq nosozliklar yoki Kripto Hamyon nazoratidan tashqari texnik/operatsion muammolar tufayli ortga qaytarilmas bo‘lishi mumkinligini tan olasiz.
-
Aksiya siz istiqomat qilayotgan mamlakatda mavjud bo‘lmasligi mumkin va Kripto Hamyon muayyan yurisdiksiyada Aksiyadan foydalanish yoki unda ishtirok etishni kafolatlamaydi.
-
Bekor qilish huquqi
Kripto Hamyon istalgan vaqtda, oldindan ogohlantirgan holda yoki ogohlantirmasdan hamda javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasdan, har qanday sababga ko‘ra, jumladan, ushbu Shartlarning buzilishi holatlarida sizning Aksiyadan foydalanish huquqingizni to‘xtatishi yoki vaqtincha cheklashi mumkin. Aksiya to‘xtatilgandan so‘ng, siz unda ishtirok eta olmaysiz va buning aksi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘xtatilishdan oldin yuzaga kelgan huquq va majburiyatlar o‘z kuchida qoladi.
-
Qo'shimcha kiritish va o'zgartirishlar
Kripto Hamyon ushbu Shartlarni istalgan vaqtda o‘zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi. Har qanday o‘zgarishlar e’lon qilingan vaqtdan boshlab darhol kuchga kiradi va o‘zgarishlar e’lon qilinganidan keyin ishtirok etishni davom ettirishingiz ushbu o‘zgarishlarni qabul qilganingizni anglatadi.