Shartlar va Qoidalar

Oltin Daromad Aksiyasi

Oxirgi yangilanish: 2025 yil, 19 dekabr

Kripto Hamyonning "Oltin Daromad Aksiyasi" (bundan keyin — "Aksiya") sahifasiga xush kelibsiz. Aksiyada ishtirok etish orqali siz ushbu Shartlarga amal qilishga rozilik bildirasiz.

Bu Shartlar Kripto Hamyon Foydalanuvchi Shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu Shartlar va Foydalanuvchi Shartnomasi o'rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi Shartnomasi ustunlik qiladi. Biroq, ushbu Shartlardagi muayyan qoida umumiy qoidalardan farq qilmasa, aksincha, ularni to'ldirsa, bunday muayyan qoida ustunlik qiladi.

1. Aksiyaning Asosiy Sanalari va Shartlari

1.1. Aksiyaning Boshlanish Sanasi: 2025 yil, 13 avgust, soat 15:00 UTC (Halqaro kordinatlashtirilgan vaqt).

1.2. Aksiyaning Yakunlanish Sanasi: 2026 yil, 28 fevral, soat 23:59 UTC. Aksiya davomiyligi Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko'ra o'zgartirilishi mumkin. Aksiyaning Yakunlanish Sanasi haqidagi eng so'nggi ma'lumot uchun FAQ (Ko'p so'raladigan savollar) bo'limiga murojat etishingiz mumkun [FAQ in Uzbek | FAQ in Russian].

1.3. "Oltin" atamasi faqat Aksiya maqsadlari uchun ishlatiladigan Tether Gold (XAUt) texnologik instrumentini anglatadi.

2. Munosiblik

2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun siz Kripto Hamyon Foydalanuvchisi bo'lishingiz va kamida "Bazaviy" identifikatsiya darajasida tasdiqlangan bo'lishingiz kerak. Kripto Hamyonning ichki siyosati asosida, siz "Kengaytirilgan" yoki "Ilg'or" darajada tasdiqlashdan o'tishingiz talab qilinishi mumkin.

2.2. Agar sizning hisobingiz Foydalanuvchi Shartnomasi yoki Kripto Hamyonning ichki siyosati bo'yicha biron bir sababga ko'ra Kripto Hamyon tomonidan bloklangan, cheklangan yoki boshqa tarzda chegaralangan bo'lsa, siz ishtirok etishga munosib emas deb topilishingiz mumkun.

2.3. Agar Mukofotlarni talab qilish vaqti va ular haqiqatda Kripto Hamyon balanssingizga o'tkazilgan payt oralig'ida Kripto Hamyon sizni Foydalanuvchi Shartnomasini buzgan deb hisoblasa, siz Mukofotlarni olishga muvofiq bo'lmasligingiz mumkin.

2.4. Aksiyada ishtirok etish uchun siz Aksiya davrida istalgan kuni, lekin Aksiya Yakunlanish Sanasidan kamida 24 soat oldin talab qilinadigan minimal XAUt balansini yoki undan ko'prog'ini "Oltin Daromad Hisobi"ngizga ("Daromad Hisobi") o'tkazishingiz kerak.

2.5. Aksiya ayrim yurisdiksiyalarda mavjud bo'lmasligi mumkin. Kripto Hamyon o'z ixtiyoriga ko'ra muayyan yurisdiksiyalarda uning mavjudligini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.

3. Aksiyaga Biriktirilgan Balans

3.1. XAUtni Aksiyaga biriktirish uchun siz Kripto Hamyon balanssingizdan belgilangan miqdordagi XAUtni Kripto Hamyon ichidagi alohida Daromad Hisobiga o'tkazishingiz kerak.

3.2. Har bir Foydalanuvchi 0.0003 (o'n mingdan uch) XAUt dan 3 (uch) XAUt gacha biriktirishi mumkin. Siz istalgan vaqtda Daromad Hisobingizni to'ldirishingiz mumkin, faqat biriktirilgan umumiy balans ushbu minimal va maksimal miqdorlardan oshmasligi sharti bilan. Kripto Hamyon minimal va maksimal biriktirish miqdorini o'z ixtiyoriga ko'ra, istalgan vaqtda o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.

3.3. Mukofotlar sizning yangilangan biriktirilgan balanssingizdan keyingi kalendar kuni soat 00:01 UTC dan boshlab hisoblanadi. Ham minimal, ham maksimal biriktirish chegaralari Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko'ra o'zgartirilishi mumkin. Aksiya talablari haqidagi eng so'nggi ma'lumot uchun FAQ (Ko'p so'raladigan savollar) bo'limiga murojat etishingiz mumkun [FAQ in Uzbek | FAQ in Russian].

3.4. Siz istalgan vaqtda biriktirgan XAUt ingizni to'liq yoki qisman Daromad Hisobingizdan yechib olishni boshlashingiz mumkin. Yechib olish uchun minimal miqdor 0.000001 XAUt-ni tashkil etadi. Agar balanssingiz bu miqdordan past bo'lsa, ushbu miqdorga yetmaguncha yoki undan oshmaguncha uni yechib ola olmaysiz. To'liq biriktirilgan balanssni yechib olish Aksiyada ishtirokingizni to'xtatadi.

3.5. Kripto Hamyon, vaqti-vaqti bilan va o'z ixtiyoriga ko'ra, Aksiyaga qo'shimcha XAUt biriktirish imkoniyatini cheklashi yoki to'xtatib qo'yishi mumkin.

4. Mukofotlar

4.1. Aksiya Mukofot Fondi XAUt da belgilangan va miqdori chegaralangan. Mukofot Fondi tugagach, Aksiya ham tugaydi. Kripto Hamyon Mukofot Fondi miqdorini istalgan vaqtda, ogohlantirmasdan qayta ko'rib chiqishi mumkin.

4.2. Kripto Hamyon tabaqalashtirilgan Yillik Foiz Daromad (bundan keyin — "APY") tuzilmasini taklif qiladi, u quyidagilardan iborat: (i) Manfaatli mukofotlar ("Manfaatli APY"), ular biriktirilgan balanssingizning 0.09 XAUt (yuzning to'qqiz qismi) gacha bo'lgan qismiga qo'llaniladi; va (ii) Asosiy mukofotlar ("Bazaviy APY"), ular biriktirilgan balanssingizning 0.09 XAUt-dan ortiq va 3 XAUt-gacha bo'lgan qismiga qo'llaniladi (umuman, "Mukofotlar"). Ushbu Aksiya uchun APY tuzilmasining aniq ma'lumoti bilan FAQ (Ko'p so'raladigan savollar) bo'limida tanishib chiqishingiz mumkun [FAQ in Uzbek | FAQ in Russian]. APY tuzilmasi qat'iy emas va Kripto Hamyon tomonidan o'z ixtiyoriga ko'ra o'zgartirilishi mumkin.

4.3. Manfaatli APY, Bazaviy APY-ga qo'shimcha ravishda taklif etiladi va Aksiyaga XAUt biriktirgan munosib Foydalanuvchilarga qo'shimcha Mukofotlar beradi. U faqat biriktirilgan balanssning 0.09 XAUt gacha bo'lgan munosib qismiga qo'llaniladi, dastlabki biriktirishdan boshlab 90 kalendar kuni davomida mavjud bo'ladi va undan keyin bunday balanssga Mukofotlar faqat amaldagi Bazaviy APY bo'yicha hisoblanadi. Ushbu Aksiya uchun Manfaatli APY tuzilmasi FAQ (Ko'p so'raladigan savollar) bo'limida keltirilgan [FAQ in Uzbek | FAQ in Russian]. Kripto Hamyon o'z ixtiyoriga ko'ra, Manfaatli APYni istalgan vaqtda o'zgartirish yoki to'xtatish huquqini o'zida saqlab qoladi.

4.4. Mukofotlar Aksiya Boshlanish Sanasidan keyin Daromad hisobiga belgilangan miqdordagi XAUtni birinchi marta biriktirganingizdan boshlab XAUtda kunlik asosda hisoblanadi. Hisoblash faqat to'liq kalendar kunlarga nisbatan qo'llaniladi va siz butun balanssingizni oldinroq yechib olmasangiz, Aksiya Yakunlanish Sanasiga qadar davom etadi.

4.5. Barcha Mukofotlar XAUtda to'lanadi. Mukofotlar kunlik asosda avtomatik ravishda Daromad hisobingizga kiritiladi, bu esa murakkab foizlar asosida keyingi Mukofotlarni hisoblash imkonini beradi. Oldingi davrlardan yig'ilgan Mukofotlar, agar siz Daromad hisobingizga kiritilgan Mukofotlarni qisman yoki to'liq yechib olmasangiz, Aksiyada ishtirokingiz davomida biriktirilgan balanssingizni oshiradi.

4.6. Aksiya Yakunlanish Sanasidan so'ng, Kripto Hamyon o'z ixtiyoriga ko'ra, Mukofot Balanssingizni va Daromad Hisobingizni yopib, butun miqdornini Kripto Hamyon balanssingizga o'tkazishi mumkin.

4.7. Siz o'tmishdagi natijalar kelajakdagi Mukofotlarni kafolatlamasligini va Mukofotlar Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko'ra o'zgarishi yoki to'xtatilishi mumkinligini tan olasiz.

5. Qo'shimcha va o'zgartirishlar

Kripto Hamyon ushbu Shartlarni istalgan vaqtda o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Har qanday o'zgarishlar nashr etilgandan so'ng darhol kuchga kiradi va sizning Aksiyadagi ishtirokingizni davom etishingiz yangilangan Shartlarni qabul qilganingizni bildiradi.

6. Ogohlantirish

Kripto Hamyon biriktirilgan balansslar yoki Mukofotlarning har qanday foyda yoki himoyasini kafolatlamaydi. Texnik qiyinchiliklar yoki boshqa uzilishlar Aksiyaga xalaqit berishi yoki uni to'xtatishi mumkin. Ishtirok etish bilan bog'liq barcha xavflar o'z mas'uliyatingizdadir.