Shartlar va Qoidalar

MON Daromad Aksiyasi

Oxirgi yangilanish: 2026 yil, 16 yanvar

Kripto Hamyonning "MON Daromad Aksiyasi" (bundan keyin — "Aksiya") sahifasiga xush kelibsiz. Aksiyada ishtirok etish orqali siz ushbu Shartlarga amal qilishga rozilik bildirasiz.

Bu Shartlar Kripto Hamyon Foydalanuvchi Shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu Shartlar va Foydalanuvchi Shartnomasi o'rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi Shartnomasi ustunlik qiladi. Biroq, ushbu Shartlardagi muayyan qoida umumiy qoidalardan farq qilmasa, aksincha, ularni to'ldirsa, bunday muayyan qoida ustunlik qiladi.

1. Aksiyaning Asosiy Sanalari va Shartlari

1.1. Aksiyada Mukofotlarning ikki turi mavjud. Agar siz Aksiyada ishtirok etsangiz, sizning Bazaviy Mukofotlaringiz Monad blokcheynining proof-of-stake (ulush isboti) protokoli muvofiq ravishda, Kripto Hamyon tomonidan Monad blokcheynida amalga oshiriladigan MON biriktirish (staking) orqali shakllantiriladi.

1.2. Aksiyadagi ishtirokingiz ushbu Shartlar va Foydalanuvchi Shartnomasiga muvofiq, Kripto Hamyonning Aksiya maqsadlari uchun ushbu Shartlarda ko'rsatilgan tarzda harakat qilishi uchun berilgan ko'rsatmalaringiz va roziligingizni anglatadi.

1.3. Aksiyaning Boshlanish Sanasi: 2025 yil, 25 noyabr va uning yakunlanish sanasi aniq belgilanmagan.

1.4. Bu davomiylik Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko'ra o'zgartirilishi mumkin. Aksiyaning Yakunlanish Sanasi haqidagi eng so'nggi ma'lumot uchun FAQ (Ko'p so'raladigan savollar) bo'limiga murojat etishingiz mumkun [FAQ - O’zbek tilida, FAQ - Rus tilida].

2. Munosiblik

2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun siz Kripto Hamyon Foydalanuvchisi bo'lishingiz va kamida “Bazaviy” identifikatsiya darajasida tasdiqlangan bo'lishingiz kerak. Kripto Hamyonning ichki siyosati asosida, siz “Kengaytirilgan” yoki “Ilg'or” darajada tasdiqlashdan o'tishingiz talab qilinishi mumkin.

2.2. Agar sizning hisobingiz Foydalanuvchi Shartnomasi yoki Kripto Hamyonning ichki siyosati bo'yicha biron bir sababga ko'ra Kripto Hamyon tomonidan bloklangan, cheklangan yoki boshqa tarzda chegaralangan bo'lsa, siz ishtirok etishga munosib emas deb topilishingiz mumkun.

2.3. Agar Mukofotlarni talab qilish vaqti va ular haqiqatda Kripto Hamyon balanssingizga o'tkazilgan payt oralig'ida Kripto Hamyon sizni Foydalanuvchi Shartnomasini buzgan deb hisoblasa, siz Mukofotlarni olishga muvofiq bo'lmasligingiz mumkin..

2.4. Aksiya ayrim yurisdiksiyalarda mavjud bo'lmasligi mumkin. Kripto Hamyon o'z ixtiyoriga ko'ra muayyan yurisdiksiyalarda uning mavjudligini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.

3. Aksiyaga Biriktirilgan Balans

3.1. MONni Aksiyaga biriktirish uchun siz Kripto Hamyon balanssingizdan belgilangan miqdordagi MONtni Kripto Hamyon ichidagi alohida Daromad Hisobiga o'tkazishingiz kerak.

3.2. Barcha munosib foydalanuvchilar tomonidan Aksiyaga biriktirilishi mumkin bo'lgan MONning umumiy miqdori MON da 250,000,000.00 (ikki yuz ellik million) cheklangan. Ushbu umumiy chegara (kapital) erishilgach, qo'shimcha biriktirishlar qabul qilinmaydi va Aksiyada ishtirok etish yangi ishtirokchilar uchun ham, mavjud ishtirokchilarning qo'shimcha biriktirishlari uchun ham tugatiladi.

3.3. Har bir Foydalanuvchi 1 (bir) va 500,000.00 (besh yuz ming) MON o‘rtasida mablag‘ biriktirishi mumkin. Siz istalgan vaqtda Daromad Hisobingizni to‘ldirishingiz mumkin, faqat biriktirilgan umumiy balans ushbu maksimal chegaradan oshmasligi sharti bilan. Minimal biriktirish miqdori 1 (bir) MON. Mukofotlar sizning yangilangan biriktirilgan balanssingizga keyingi kalendar kuni soat 00:01 UTC dan boshlab hisoblana boshlaydi. Ham minimal, ham maksimal biriktirish chegaralari Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Aksiya talablari haqidagi eng so‘nggi ma’lumotlar uchun FAQ (ko’p so’raladigan savollar) bo‘limiga murojaat qiling [FAQ - O’zbek tilida, FAQ - Rus tilida].

3.4. Siz Daromad Hisobiga biriktirilgan MONingizni istalgan vaqtda to‘liq yechib olishingiz mumkin. Biroq, balansni to‘liq yechib olish sizning Aksiyadagi ishtirokingizni to‘xtatadi va siz oldingi kalendar kuni uchun yig‘ilgan har qanday Mukofotlardan mahrum bo‘lasiz. Siz to‘liq yechib olish sanasidan oldin yig‘ilgan har qanday Mukofotlarni talab qilish huquqini saqlab qolasiz.

3.5. Istisno holatlarda, jumladan, talab ortgan davrlarda yoki texnik cheklovlar tufayli, lahzali yechib olishlar vaqtincha cheklanishi mumkin. Bunday hollarda yechib olishlar 18 (o‘n sakkiz) soatgacha bo‘lgan vaqt ichida amalga oshirilishi mumkin.

4. Mukofotlar

4.1. Kripto Hamyon tabaqalashtirilgan Yillik Foiz Daromad (“APY”) tuzilmasini taklif etadi, u quyidagilardan iborat: (i) miqdori bozor sharoitlari, tarmoq unumdorligi va protokol darajasidagi parametrlarga qarab o‘zgarishi mumkin bo‘lgan Bazaviy Mukofotlar (“Bazaviy APY”); va (ii) Aksiyada birinchi marta qatnashayotgan ishtirokchilar uchun sodiqlik bonusi hisoblangan manfaatli Mukofotlar (“Manfaatli APY”), (umumiy holda — “Mukofotlar”). Mukofotlar Kripto Hamyon tomonidan Aksiyadagi ishtirok etish davomiyligiga qarab bevosita ishtirokchilarga taqsimlanadi.

4.2. Ushbu Aksiya uchun aniq Bazaviy APY tuzilmasi har kuni yangilanadi va Kripto Hamyon interfeysidagi Daromad hisobingizda ko‘rinadi. APY tuzilmasining tafsilotlari FAQ (ko’p so’raladigan savollar) bo‘limida e’lon qilinadi [FAQ - O’zbek tilida, FAQ - Rus tilida]. Shuni esda tutingki, APY tuzilmasi qat’iy emas va Kripto Hamyon ixtiyoriga ko‘ra bozor sharoitlari, tarmoq unumdorligi hamda protokol darajasidagi parametrlardan kelib chiqib o‘zgartirilishi mumkin.

4.3. Manfaatli APY Bazaviy APYga qo’shimcha sifatida taqdim etiladi va Mukofotlar beradi. Manfaatli APY ning aniq stavkasi o‘zgaruvchan bo‘lib, Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Manfaatli APY tuzilmasining tafsilotlari FAQ (ko’p so’raladigan savollar) bo‘limida e’lon qilinadi [FAQ - O’zbek tilida, FAQ - Rus tilida].

4.4. Manfaatli APY faqat Aksiyaga dastlabki mablag‘ biriktirilgan kundan boshlab birinchi 60 kun davomida 25,000.00 (yigirma besh ming) MON gacha bo‘lgan biriktirilgan balansga nisbatan qo‘llaniladi. Agar siz Manfaatli APY olish huquqiga ega bo‘lsangiz va biriktirilgan balanssangiz 25,000.00 (yigirma besh ming) MONdan oshsa, ushbu limitdan yuqori bo‘lgan qismiga Mukofotlar Bazaviy APY asosida hisoblanadi.

4.5. Manfaatli APY doirasida taqsimlash uchun mavjud bo‘lgan jami Manfaatli Mukofot Jamg‘armasi cheklangan. Ushbu Manfaatli Mukofot Jamg‘armasi tugagach, Manfaatli APY boshqa qo‘llanilmaydi. Kripto Hamyon istalgan vaqtda va Foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmasdan Manfaatli Mukofot Jamg‘armasi hajmini qayta ko‘rib chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

4.6. Mukofotlar Aksiya Boshlanish Sanasidan keyin Daromad hisobiga belgilangan miqdordagi MONni birinchi marta biriktirganingizdan boshlab kunlik asosda hisoblanadi va siz to'liq balanssingizni oldinroq yechib olmasangiz, Aksiya Yakunlanish Sanasiga qadar davom etadi.

4.7. Barcha Mukofotlar MON da to'lanadi. Mukofotlar kunlik asosda avtomatik ravishda Daromad hisobingizga kiritiladi, bu esa murakkab foizlar asosida keyingi Mukofotlarni hisoblash imkonini beradi. Oldingi davrlardan yig'ilgan Mukofotlar, agar siz Daromad hisobingizga kiritilgan Mukofotlarni qisman yoki to'liq yechib olmasangiz, Aksiyada ishtirokingiz davomida biriktirilgan balanssingizni oshiradi.

4.8. Aksiya Yakunlanish Sanasidan so'ng, Kripto Hamyon o'z yakka qaroriga ko'ra, Daromad Hisobingizni yopib, butun miqdornini Kripto Hamyon balanssingizga o'tkazishi mumkin.

4.9. Siz o'tmishdagi natijalar kelajakdagi Mukofotlarni kafolatlamasligini va Mukofotlar Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko'ra o'zgarishi yoki to'xtatilishi mumkinligini tan olasiz.

5. Xavflar to'g'risida ma'lumot va Javobgarlikni cheklash

5.1. Kripto Hamyon Aksiyada ishtirok etish bilan bog'liq rentabellik, daromad yoki har qanday moliyaviy yoxud iqtisodiy foydalar yuzasidan hech qanday aniq yoki bilvosita kafolat yoki va'da bermaydi. Kripto Hamyon Aksiyaning mosligi, muayyan maqsadga yaroqliligi yoxud kutilgan natijalarga erishishga kafolat bermaydi. Ishtirok etish bilan bog’liq xavf-xatarlar Foydalanuvchining o'z mas'uliyati ostida amalga oshiriladi.

5.2. Aksiya an'anaviy moliyaviy depozit, investitsiya mahsuloti yoki jamg'arma hisobi emas, shuningdek, u moliyaviy muassasalar yoxud tartibga solinadigan moliyaviy vositalar tomonidan taklif etiladiganlarga o'xshash hech qanday kafolat yoki himoyani o'z ichiga olmaydi.

5.3. Amaldagi qonunchilik imkon bergan maksimal darajada, Kripto Hamyon shartnoma, huquqbuzarlik yoxud boshqa asoslarga binoan, Aksiyada ishtirok etish natijasida kelib chiqadigan har qanday to'g'ridan-to'g'ri, bilvosita, tasodifiy, oqibatli, maxsus, namunali yoxud jazo chorasi sifatidagi yo'qotishlar uchun, shu jumladan, foydani yo'qotish, daromadni yo'qotish, ma'lumotlarni yo'qotish, imkoniyatni yo'qotish yoxud boshqa zararlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

5.4. Kripto Hamyon blokcheyn, smart-kontraktlar yoki tasdiqlash mexanizmlariga egalik qilmaydi va ularni nazorat qilmaydi, shuningdek, ularning mavjudligi, ishonchliligi yoki uzluksiz ishlashiga kafolat bermaydi. Mukofotlar MON biriktirish orqali taqdim etilganligi sababli, Kripto Hamyon biriktirish bilan bog‘liq xavflar, jumladan, smart-kontrakt nosozliklari, tarmoq tirbandligi, boshqaruvdagi o‘zgarishlar, forklar, validatorlarning noto‘g‘ri harakati, tizim nosozliklari, blokcheyn tarmog‘i yoki xizmatlaridagi kutilmagan uzilishlar, apparat yoki dasturiy ta’minot nuqsonlari, xavfsizlik buzilishi hamda Mukofotlarning o‘zgaruvchanligi uchun javobgar emas. Mukofotlarning mavjudligi va miqdori ushbu omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin va Kripto Hamyon biron bir aniq daromad yoki Mukofotlarning doimiy hisoblanishini kafolatlamaydi. Siz Aksiyaga biriktirilgan har qanday raqamli aktivlar favqulodda holatlarda qisman yoki to‘liq yo‘qolishi mumkinligini va bunday yo‘qotish, ayniqsa, protokol bilan bog‘liq nosozliklar, buzilishlar yoki Kripto Hamyon nazoratidan tashqaridagi boshqa texnik yoki operatsion muammolar yuz berganda qaytarib bo‘lmasligini tan olasiz.

5.5. Aksiya siz istiqomat qilayotgan mamlakatda mavjud bo‘lmasligi mumkin va Kripto Hamyon har qanday muayyan yurisdiksiyada Aksiyaga kirish yoki unda ishtirok etishni kafolatlamaydi.

6. Qo'shimcha va o'zgartirishlar

Kripto Hamyon ushbu Shartlarni istalgan vaqtda o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Har qanday o'zgarishlar nashr etilgandan so'ng darhol kuchga kiradi va sizning Aksiyadagi ishtirokingizni davom etishingiz yangilangan Shartlarni qabul qilganingizni bildiradi.

7. Bekor qilish

Kripto Hamyon istalgan vaqtda, oldindan ogohlantirish bilan yoki ogohlantirmasdan va hech qanday javobgarliksiz, istalgan sababga ko‘ra, shu jumladan, ushbu Shartlarni buzish bilan bog‘liq holda, Aksiyadagi ishtirokingizni vaqtinchalich to‘xtatishi yoki butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bekor qilingandan so‘ng, siz endi Aksiyada ishtirok eta olmaysiz va bekor qilishdan oldin yuzaga kelgan har qanday huquq yoki majburiyatlarga ta’sir o’tkazolmaysiz, agar buning aksi belgilab qo’yilmagan bo’lsa