Shartlar va Qoidalar
TON Daromad Aksiyasi
Oxirgi yangilanish: 2025 yil, 1 avgust
Kripto Hamyonning "TON Daromad Aksiyasi" (bundan keyin — "Aksiya") sahifasiga xush kelibsiz. Aksiyada ishtirok etish orqali siz ushbu Shartlarga amal qilishga rozilik bildirasiz.
Bu Shartlar Kripto Hamyon Foydalanuvchi Shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu Shartlar va Foydalanuvchi Shartnomasi o'rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi Shartnomasi ustunlik qiladi. Biroq, ushbu Shartlardagi muayyan qoida umumiy qoidalardan farq qilmasa, aksincha, ularni to'ldirsa, bunday muayyan qoida ustunlik qiladi.
1. Aksiyaning Asosiy Sanalari va Shartlari
- 1.1. Agar siz Aksiyada ishtirok etsangiz, Mukofotlaringiz Kripto Hamyonning TONni TON Tarqatilgan reestr ma'lumotlari (blokcheyn) bo'ylab joylashtirilgan, ochiq kodli, mustaqil ishlaydigan aqlli shartnoma (smart contract) asosida tuzilgan protokolda biriktirish (staking) orqali keladi.
- 1.2. Aksiya 2025 yil, 13 martda boshlanadi va uning yakunlanish sanasi aniq belgilanmagan. Aksiyada istalgan vaqtda ishtirok etish mumkin. Kripto Hamyon o'z yakka qaroriga ko'ra Aksiyaning davomiyligini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
2. Munosiblik
- 2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun siz Kripto Hamyon Foydalanuvchisi bo'lishingiz va kamida “Bazaviy” identifikatsiya darajasida tasdiqlangan bo'lishingiz kerak. Kripto Hamyonning ichki siyosati asosida, siz “Kengaytirilgan” ёки “Ilg'or” darajada tasdiqlashdan o'tishingiz talab qilinishi mumkin.
- 2.2. Agar sizning hisobingiz Foydalanuvchi Shartnomasi yoki Kripto Hamyonning ichki siyosati bo'yicha biron bir sababga ko'ra Kripto Hamyon tomonidan bloklangan, cheklangan yoki boshqa tarzda chegaralangan bo'lsa, siz ishtirok etishga munosib emas deb topilishingiz mumkun.
- 2.3. Agar Mukofotlarni talab qilish vaqti va ular haqiqatda Kripto Hamyon balanssingizga o'tkazilgan payt oralig'ida Kripto Hamyon sizni Foydalanuvchi Shartnomasini buzgan deb hisoblasa, siz Mukofotlarni olishga muvofiq bo'lmasligingiz mumkin.
- 2.4. Aksiya ayrim yurisdiksiyalarda mavjud bo'lmasligi mumkin. Kripto Hamyon o'z ixtiyoriga ko'ra muayyan yurisdiksiyalarda uning mavjudligini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
3. Aksiyaga Biriktirilgan Balans
- 3.1. TONni Aksiyaga biriktirish uchun siz Kripto Hamyon balanssingizdan belgilangan miqdordagi TONni Kripto Hamyon ichidagi alohida Daromad Hisobiga o'tkazishingiz kerak.
- 3.2. Aksiya uchun talab qilinadigan minimal balans biriktirish miqdori 0.1 TONni tashkil etadi, Aksiyaga biriktirishingiz mumkin bo'lgan maksimal miqdor bo'yicha yuqori chegara mavjud emas. Kripto Hamyon minimal va maksimal Aksiyaga biriktirish talablarini o'z yakka qaroriga ko'ra o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
- 3.3. Siz Daromad hisobingizdan TONni istalgan vaqtda to'liq yoki qisman yechib olishni boshlashingiz mumkin. To'liq biriktirilgan balanssni yechib olish sizning Aksiyada ishtirokingizni tugatadi.
4. Mukofotlar
- 4.1. Kripto Hamyon Aksiyada ishtirok etish davomiyligiga qarab, sizni bevosita mukofotlaydigan, tabaqalashtirilgan Yillik Foiz Daromad (“APY”) tuzilmasini taklif qiladi. Ushbu Aksiya uchun APY tuzilmasi har kuni yangilanadi va sizning Daromad hisobingiz uchun Kripto Hamyon interfeysida ko'rsatiladi. APY tuzilmasi tafsilotlari FAQ (Ko'p so'raladigan savollar) bo'limida yoritib berilgan [FAQ in Uzbek | FAQ in Russian]. APY tuzilmasi qat'iy emasligini va Kripto Hamyon ixtiyoriga ko'ra o'zgartirilishi mumkinligini yodda tuting.
- 4.2. Mukofotlar oldingi kundagi minimal balans biriktirishiga asoslanib, har kuni hisoblanadi. Mukofotlar faqat TONni Aksiyaga biriktirgan to'liq kalendar kunlari uchun hisoblanadi.
- 4.3. Mukofotlar Daromad hisobingizga har kuni avtomatik ravishda kiritiladi, bu esa murakkab foizlar asosida keyingi Mukofotlarni hisoblash imkonini beradi. Oldingi davrlardan yig'ilgan Mukofotlar, agar siz Daromad hisobingizga kiritilgan Mukofotlarni qisman yoki to'liq yechib olmasangiz, Aksiyada ishtirokingiz davomida biriktirilgan balanssingizni oshiradi.
- 4.4. Kripto Hamyon o'z yakka qaroriga ko'ra, Aksiyada birinchi marta ishtirok etuvchilar uchun sodiqlik bonusi bo'lgan Bonus mukofotlarni ("Bonus APY") taklif qilishi mumkin. Bunday Bonus APY ning mavjudligi kafolatlanmaydi va oldindan ogohlantirmasdan istalgan vaqtda o'zgartirilishi, to'xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Amaldagi stavka, davomiylik va maksimal munosib biriktirish miqdorini o'z ichiga olgan Bonus APYni tartibga soluvchi aniq shartlar faqat Kripto Hamyon tomonidan belgilanadi va Kripto Hamyon interfeysida taqdim etiladi. Ushbu shartlar joriy hisoblanadi va har qanday ziddiyatli ma'lumotdan ustunlik qiladi. Bonus APY faqat cheklangan vaqt davomida amal qiladi va Kripto Hamyon interfeysida ko'r satilgan maksimal biriktirish miqdoriga bo'ysunadi. Agar Foydalanuvchi Bonus APY uchun munosib bo'lgan maksimal chegaradan oshiq miqdorni biriktirsa, ushbu chegaradan oshib ketgan qismga Mukofotlar faqat bazaviy APY bo'yicha hisoblanadi.
5. Xavflar to'g'risida ma'lumot va Javobgarlikni cheklash
- 5.1. Kripto Hamyon Aksiyada ishtirok etish bilan bog'liq rentabellik, daromad yoki har qanday moliyaviy yoxud iqtisodiy foydalar yuzasidan hech qanday aniq yoki bilvosita kafolat yoki va'da bermaydi. Kripto Hamyon Aksiyaning mosligi, muayyan maqsadga yaroqliligi yoxud kutilgan natijalarga erishishga kafolat bermaydi. Ishtirok etish bilan bog’liq xavf-xatarlar Foydalanuvchining o'z mas'uliyati ostida amalga oshiriladi.
- 5.2. Aksiya an'anaviy moliyaviy depozit, investitsiya mahsuloti yoki jamg'arma hisobi emas, shuningdek, u moliyaviy muassasalar yoxud tartibga solinadigan moliyaviy vositalar tomonidan taklif etiladiganlarga o'xshash hech qanday kafolat yoki himoyani o'z ichiga olmaydi.
- 5.3. Amaldagi qonunchilik ruxsat bergan maksimal darajada, Kripto Hamyon shartnoma, huquqbuzarlik yoxud boshqa asoslarga binoan, Aksiyada ishtirok etish natijasida kelib chiqadigan har qanday to'g'ridan-to'g'ri, bilvosita, tasodifiy, oqibatli, maxsus, ibratli yoxud jazo chorasi sifatidagi yo'qotishlar uchun, shu jumladan, foydani yo'qotish, daromadni yo'qotish, ma'lumotlarni yo'qotish, imkoniyatni yo'qotish yoxud boshqa zararlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi..
- 5.4. Kripto Hamyon tarqatilgan reestr ma'lumotlari (blokcheyn), aqlli shartnomalar (smart contracts) yoxud validatsiya mexanizmlariga egalik qilmaydi yoxud ularni nazorat qilmaydi va ularning mavjudligi, ishonchliligi yoxud uzluksiz ishlashiga kafolat bermaydi. Mukofotlar Kripto Hamyonning TONni biriktirish (staking) orqali taqdim etilganligi sababli, Kripto Hamyon biriktirish (staking) bilan bog'liq har qanday xavf-xatar uchun, shu jumladan aqlli shartnomaning buzilishi, tarmoq uzilishi, boshqaruv o'zgarishlari, validatorning noto'g'ri xatti-harakati yoxud Mukofotlarning o'zgarishi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Mukofotlarning mavjudligi va miqdori ushbu omillardan ta'sirlanishi mumkin, va Kripto Hamyon har qanday aniq daromad yoxud Mukofotlarning uzluksiz hisoblanishiga kafolat bermaydi.
- 5.5. Aksiya sizning yashash mamlakatingizda mavjud bo'lmasligi mumkin, va Kripto Hamyon har qanday muayyan yurisdiksiyada Aksiyaga kirish yoxud unda ishtirok etishni kafolatlamaydi.
6. Bekor qilish
Kripto Hamyon istalgan vaqtda, oldindan ogohlantirish bilan yoki ogohlantirmasdan va hech qanday javobgarliksiz, istalgan sababga ko‘ra, shu jumladan, ushbu Shartlarni buzish bilan bog‘liq holda, Aksiyadagi ishtirokingizni vaqtinchalich to‘xtatishi yoki butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bekor qilingandan so‘ng, siz endi Aksiyada ishtirok eta olmaysiz va bekor qilishdan oldin yuzaga kelgan har qanday huquq yoki majburiyatlarga ta’sir o’tkazolmaysiz, agar buning aksi belgilab qo’yilmagan bo’lsa
7. Qo'shimcha va o'zgartirishlar
Kripto Hamyon ushbu Shartlarni istalgan vaqtda o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Har qanday o'zgarishlar nashr etilgandan so'ng darhol kuchga kiradi va sizning Aksiyadagi ishtirokingizni davom etishingiz yangilangan Shartlarni qabul qilganingizni bildiradi.