Shartlar va Qoidalar
Dollarda Daromad x Ethena Aksiyasi
Oxirgi yangilanish: 2025 yil, 20 oktabr
Kripto Hamyonning "Dollarda Daromad x Ethena Aksiyasi" (bundan keyin — "Aksiya") sahifasiga xush kelibsiz. Aksiyada ishtirok etish orqali siz ushbu Shartlarga amal qilishga rozilik bildirasiz.
Bu Shartlar Kripto Hamyon Foydalanuvchi Shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu Shartlar va Foydalanuvchi Shartnomasi o'rtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi Shartnomasi ustunlik qiladi. Biroq, ushbu Shartlardagi muayyan qoida umumiy qoidalardan farq qilmasa, aksincha, ularni to'ldirsa, bunday muayyan qoida ustunlik qiladi.
1. Aksiyaning Asosiy Sanalari va Shartlari
- 1.1. Siz Aksiyaga qo'shilganingizda, Aksiyaga biriktirgan USDt miqdori Ethena tomonidan ishlab chiqilgan sintetik dollar bo'lgan USDe da saqlanishiga rozilik bildirasiz — qo'shimcha ma'lumotni https://docs.ethena.fi/ manzilidan olish mumkin. Kripto Hamyon sizning Aksiyada ishtirok etishingiz davomida biriktirilgan balansingizni USDe da saqlaydi.
- 1.2. Aksiyada ikki turdagi Mukofotlar mavjud. Sizning Mukofotlaringiz Kripto Hamyon tomonidan taqdim etiladi va ushbu Shartlarda ko'rsatilganidek, bozor barqarorligiga asoslanib o'zgarishi mumkin.
- 1.3. Aksiya 2025 yil, 24 iyunda boshlanadi va uning yakunlanish sanasi aniq belgilanmagan. Aksiyada istalgan vaqtda ishtirok etish mumkin. Kripto Hamyon o'z yakka qaroriga ko'ra Aksiyaning davomiyligini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
- 1.4. "Dollarda Daromad" nomi faqat Aksiyaning nomiga tegishli bo'lib, o'z nomida "dollar" so'zi bo'lgan har qanday fiat valyutasiga, an'anaviy moliyaviy vositalarga yoki shunga o'xshash tushunchalarga aloqador emas.
2. Munosiblik
- 2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun siz Kripto Hamyon Foydalanuvchisi bo'lishingiz va kamida “Bazaviy” identifikatsiya darajasida tasdiqlangan bo'lishingiz kerak. Kripto Hamyonning ichki siyosati asosida, siz “Kengaytirilgan” ёки “Ilg'or” darajada tasdiqlashdan o'tishingiz talab qilinishi mumkin.
- 2.2. Agar sizning hisobingiz Foydalanuvchi Shartnomasi yoki Kripto Hamyonning ichki siyosati bo'yicha biron bir sababga ko'ra Kripto Hamyon tomonidan bloklangan, cheklangan yoki boshqa tarzda chegaralangan bo'lsa, siz ishtirok etishga munosib emas deb topilishingiz mumkun.
- 2.3. Agar Mukofotlarni talab qilish vaqti va ular haqiqatda Kripto Hamyon balanssingizga o'tkazilgan payt oralig'ida Kripto Hamyon sizni Foydalanuvchi Shartnomasini buzgan deb hisoblasa, siz Mukofotlarni olishga muvofiq bo'lmasligingiz mumkin.
- 2.4. Aksiya ayrim yurisdiksiyalarda mavjud bo'lmasligi mumkin. Kripto Hamyon o'z ixtiyoriga ko'ra muayyan yurisdiksiyalarda uning mavjudligini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
3. Aksiyaga Biriktirilgan Balans
- 3.1. Aksiyada ishtirok etish uchun siz USDtning belgilangan miqdorini Kripto Hamyon balanssingizdan Kripto Hamyon ichidagi alohida Daromad hisobiga o'tkazishingiz kerak. Ushbu o'tkazmani amalga oshirish orqali siz Kripto Hamyonga USDtni amaldagi ayirboshlash kursi bo'yicha USDe ga konvertatsiya qilishga ruxsat berasiz. Daromad hisobingizdagi balans Aksiya davomiyligi mobaynida yoki siz uni muddatidan oldin yechib olishni tanlamaguningizcha USDe da saqlanadi.
- 3.2. USDt va USDe o'rtasidagi amaldagi ayirboshlash kursi Kripto Hamyonning yakka qarori bilan belgilanadi va umumiy real vaqtdagi bozor ma'lumotlariga yaqinlashtirilgan bo'ladi.
- 3.3. Aksiya uchun talab qilinadigan minimal biriktirish 10 USDtni tashkil etadi.
- 3.4. Kripto Hamyon minimal biriktirish talabini o'zgartirish va maksimal biriktirish chegarasini istalgan vaqtda, o'z yakka qarori bilan belgilash yoki o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
- 3.5. Kripto Hamyon vaqti-vaqti bilan va o'z yakka qarori bilan Aksiyaga qo'shimcha USDt biriktirish imkoniyatini cheklashi yoki to'xtatib qo'yishi mumkin.
- 3.6. Ushbu Shartlarda aksi ko'rsatilmagan bo'lsa, siz biriktirgan balansingizni istalgan vaqtda Daromad hisobingizdan to'liq yoki qisman yechib olishni boshlashingiz mumkin. Minimal yechib olish miqdori 1.3 USDeni tashkil etadi. Yechib olishda siz Kripto Hamyonga Daromad hisobingizda biriktirilgan USDeni amaldagi kurs bo'yicha USDt ga konvertatsiya qilishga ruxsat berasiz.
- 3.7. To'liq biriktirilgan balanssni yechib olish sizning Aksiyada ishtirokingizni tugatadi. Aksiyada qayta ishtirok etish uchun siz talab qilinadigan minimal balansni yoki undan ko'prog'ini Daromad hisobingizga qayta biriktirishingiz kerak.
- 3.8. Kripto Hamyon o'z yakka qarori bilan kutilmagan holatlarda — shu jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda, USDening o’z bog’liqlik kafolatini yoqotish xolati ("depegging"), jiddiy bozor beqarorligi, savdo yoki likvidlik uzilishlari, uchinchi shaxslarning harakatlari yoki boshqa noqulay bozor sharoitlarida — Daromad hisoblaridan biriktirilgan balansslarni yechib olish imkoniyatini to'xtatib qo'yish huquqini o'zida saqlab qoladi. Balansslarni yechib olish uchun talab qilinadigan vaqt uchinchi shaxslarning harakatlari va real vaqtdagi bozor sharoitlari asosida farq qilishi va o'zgaruvchanligi oshishi mumkun.
4. Mukofotlar
- 4.1. Kripto Hamyon tabaqalashtirilgan Yillik Foiz Daromad (“APY”) tuzilmasini taklif qiladi, u quyidagilardan iborat: (i) Asosiy mukofotlar, ularning miqdori bozor sharoitlariga qarab o‘zgarishi mumkin (“Bazaviy APY”); va (ii) Manfaatli mukofotlar, ular Aksiyada birinchi marta ishtirok etuvchilar uchun sodiqlik bonusi hisoblanadi (“Manfaatli APY”), (umumiy holda, “Mukofotlar”). Mukofotlar Kripto Hamyon tomonidan ishtirok etish davomiyligiga qarab bevosita ishtirokchilar orasida taqsimlanadi.
- 4.2 Ushbu Aksiya uchun aniq Bazaviy APY tuzilmasi har hafta yangilanadi va sizning Daromad hisobingiz uchun Kripto Hamyon interfeysida ko‘rinadi. Bazaviy APY tuzilmasi qat'iy emas va Kripto Hamyon ixtiyoriga ko‘ra sozlanishi (o‘zgartirilishi) mumkin. Bazaviy APY tuzilmasi tafsilotlari FAQ (Ko'p so'raladigan savollar) bo‘limida yoritib berilgan [FAQ in Uzbek | FAQ in Russian].
- 4.3. Kripto Hamyon o'z yakka qaroriga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan munosib Foydalanuvchilarga Manfaatli Yillik Foiz Daromad taklif qilishi mumkin; ammo bunday Manfaatli APY ning mavjudligi kafolatlanmaydi.
- 4.4. Manfaatli APY Bazaviy APY ga qo’shimcha sifatida belgilanadi va Mukofotlar taqdim etadi. Manfaatli APY ning aniq stavkasi o‘zgaruvchan bo‘lib, Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Manfaatli APY tuzilmasi tafsilotlari FAQ (Ko'p so'raladigan savollar) bo‘limida e'lon qilingan [FAQ in Uzbek | FAQ in Russian].
- 4.5. Manfaatli APY faqat Daromad hisobidagi 1,000.00 (bir ming) USDe gacha bo‘lgan biriktirilgan balansga qo‘llaniladi. Agar siz Manfaatli APY uchun munosib bo‘lsangiz va biriktirilgan balansingiz 1,000.00 USDe dan oshsa, bu miqdordan yuqori bo‘lgan qismga Mukofotlar faqat Bazaviy APY stavkasi bo‘yicha hisoblanadi.
- 4.6. Manfaatli APY bo‘yicha taqsimlash uchun mavjud bo‘lgan umumiy Mukofot Fondi cheklangan. Ushbu Mukofot Fondi tugagach, Manfaatli APY ortiq qo‘llanilmaydi. Kripto Hamyon Mukofot Fondining hajmini istalgan vaqtda va Foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmasdan qayta ko‘rib chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
- 4.7. Mukofotlar Daromad hisobingizga har kuni avtomatik ravishda kiritiladi, bu esa murakkab foizlar asosida keyingi Mukofotlarni hisoblash imkonini beradi. Oldingi davrlardan yig‘ilgan Mukofotlar, agar siz Daromad hisobingizga kiritilgan Mukofotlarni qisman yoki to‘liq yechib olmasangiz, Aksiyada ishtirokingiz davomida biriktirilgan balansingizni oshiradi.
- 4.8.Mukofotlar faqat USDtni Aksiyaga biriktirgan to‘liq kalendar kunlari uchun hisoblanadi.
- 4.9. Siz o‘tgan natijalar kelajakdagi Mukofotlarni lafolatlamasligii va Mukofotlar Kripto Hamyonning yakka qaroriga ko‘ra o‘zgarishi yoki to‘xtatilishi mumkinligini tan olasiz.
5. Xavflar to'g'risida ma'lumot va Javobgarlikni cheklash
- 5.1. Kripto Hamyon Aksiyada ishtirok etish bilan bog'liq rentabellik, daromad yoki har qanday moliyaviy yoxud iqtisodiy foydalar yuzasidan hech qanday aniq yoki bilvosita kafolat yoki va'da bermaydi. Kripto Hamyon Aksiyaning mosligi, muayyan maqsadga yaroqliligi yoxud kutilgan natijalarga erishishga kafolat bermaydi. Ishtirok etish bilan bog’liq xavf-xatarlar Foydalanuvchining o'z mas'uliyati ostida amalga oshiriladi.
- 5.2. Aksiya an'anaviy moliyaviy depozit, investitsiya mahsuloti yoki jamg'arma hisobi emas, shuningdek, u moliyaviy muassasalar yoxud tartibga solinadigan moliyaviy vositalar tomonidan taklif etiladiganlarga o'xshash hech qanday kafolat yoki himoyani o'z ichiga olmaydi.
- 5.3. USDe BARQAROR, BELGILANGAN QIYMATNI SAQLAB QOLISH UCHUN MO'LJALLANGAN; AMMO, SIZ USHBU QIYMAT KAFOLATLANMAGANLIGINI TAN OLASIZ VA QABUL QILASIZ. BOZOR O'ZGARUVCHANLIGI, LIKVIDLIKDAGI O'ZGARISHLAR, ISHONCHNI YO'QOTISH YOKI USDe BARQARORLIGIGA TA'SIR QILUVCHI BOSHQA TASHQI TA'SIRLAR KABI OMILLAR TUFAYLI, USDe NARXI BELGILANGAN QIYMATDAN PASTGA TUSHISHI MUMKIN BO'LGAN PASAYISH HODISASI YUZ BERISHI MUMKIN. NATIJADA, SIZN BIRIKTIRGAN BALANSNING QIYMATI O'ZGARISHI MUMKIN. MUAYYAN HOLATLARDA, BIRIKTIRGAN BALANSNGIZNING QIYMATI SEZILARLI DARAJADA PASAYISHI MUMKIN - YOKI O'TA OG'IR HOLATLARDA BUTUNLAY QADRSIZLANISHI MUMKIN.
- 5.4. Amaldagi qonunchilik ruxsat bergan maksimal darajada, Kripto Hamyon shartnoma, huquqbuzarlik yoxud boshqa asoslarga binoan, Aksiyada ishtirok etish natijasida kelib chiqadigan har qanday yo‘qotishlar yoki zararlar — to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita, tasodifiy, oqibatli, maxsus, ibratli yoxud jazo chorasi sifatidagi bo‘lishidan qat’i nazar — shu jumladan, aktivlarni yo‘qotish (Aksiyaga biriktirilgan balansslar kabi), foydani yo‘qotish, daromadni yo‘qotish, ma’lumotlarni yo‘qotish, imkoniyatni yo‘qotish yoxud har qanday shunga o‘xshash zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
- 5.5. Kripto Hamyon tarqatilgan reestr ma'lumotlari (blokcheyn) yoki aqlli shartnomalarga (smart contracts) egalik qilmaydi yoxud ularni nazorat qilmaydi va ularning mavjudligi, ishonchliligi yoxud uzluksiz ishlashiga kafolat bermaydi. Kripto Hamyon har qanday aqlli shartnoma bilan bog‘liq xavf-xatarlar, aqlli shartnoma nosozliklari, tarmoq tiqilishi, boshqaruv o‘zgarishlari, tizim nosozliklari, tarqatilgan reestr ma'lumotlari (blokcheyn) tarmog‘i yoki xizmatlaridagi rejasiz uzilishlar, apparat yoki dasturiy ta'minotdagi nuqsonlar, xavfsizlik buzilishlari yoxud tarqatilgan reestr ma'lumotlari (blokcheyn) tarmog‘iga yoki tegishli aqlli shartnomalarga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday sabablar uchun javobgar emas. Mukofotlarning mavjudligi va miqdori ushbu omillardan ta'sirlanishi mumkin, va Kripto Hamyon har qanday aniq daromad yoki Mukofotlarning uzluksiz hisoblanishiga kafolat bermaydi.
6. Bekor qilish
Kripto Hamyon istalgan vaqtda, oldindan ogohlantirish bilan yoki ogohlantirmasdan va hech qanday javobgarliksiz, istalgan sababga ko‘ra, shu jumladan, ushbu Shartlarni buzish bilan bog‘liq holda, Aksiyadagi ishtirokingizni vaqtinchalich to‘xtatishi yoki butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bekor qilingandan so‘ng, siz endi Aksiyada ishtirok eta olmaysiz va bekor qilishdan oldin yuzaga kelgan har qanday huquq yoki majburiyatlarga ta’sir o’tkazolmaysiz, agar buning aksi belgilab qo’yilmagan bo’lsa
7. Qo'shimcha va o'zgartirishlar
Kripto Hamyon ushbu Shartlarni istalgan vaqtda o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Har qanday o'zgarishlar nashr etilgandan so'ng darhol kuchga kiradi va sizning Aksiyadagi ishtirokingizni davom etishingiz yangilangan Shartlarni qabul qilganingizni bildiradi.